Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x ku va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.Musiqada 7 ta tovush bor. Bular: do, re, mi, fa, sol, lya, si.Bu tovushlarning barchasi nota chizig`iga yoziladi.Bu tovushlarning eng yuqorisi si hisoblansa, do eng past aytiluvchi tovushdir. Har bir xonanada musiqa ijro etayotganda albatta mana shu tovusghlarning joylashishiga qarab qo`shiq kuylaydi.
So`ng o`quvchilarga P/Mo`min sh`eri, N.Norxo`jayev musiqasi bilan yaratilgan “Salom bergan bolalar” qo`shig`i o`rgatiladi.She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Salom bergan bolalar” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Salom bergan bolalar” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
8-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:23,10,2017
Mavzu: Biz,yoqirgan qo`shiqlar.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “O`qishni bilib olsang” qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |