Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini ijro etib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
4-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Milliy cholg`ular bilan tanishamiz.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlsh, milliy cholg`u asboblari bilan tanishtirish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng savol-javoblar o`tkaziladi.
Musiqa qanday yaraladi?
Musiqaga kim kuy bastalaydi?
Yaxshi qo`shiq uchun matn mazmuni kerakmi?
Qo`shiqchi va sozandalar faoliyatini ayting.
Musiqa bizga nimani o`rgatadi?
O`quvchilarning javoblari to`ldirilib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali milliy kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bizning yoshlarimiz hozirda estrada yo`nalishidagi kuy –qo`shiqlarni eshitayotganligi, Milliy cholg`uda ijro etilayotgan musiqa va kuylarni to`y tantanalarida eshitishimiz aytib o`tiladi.
Milliy qo`shiqlar faqat milliy cholg`u asboblarida ijro etiladi. Bularga: dutor, tor, tanbur, doira, karnay, surnay, nay, nog`ora va b.q.lar kirishi aytiladi. Bugun biz sizlar bilan doira va nog`ora cholg`u asboblari bilan tanishamiz.Ikkala cholg`u asboblari ham zarbli cholg`u asbobi hisoblanadi. Farqi shundaki, doiraga qo`l bilan nog`oraga maxsus cho`plar bilan zarb beramiz. Shundagina bu asboblardan tovush chiqadi. Barcha to`y-tantanalarimiz bu cholg`ularsiz o`tmaydi. Qadimdan ta-bobolarimiz, momolarimiz doira bilan kuy-qo`shiq, o`lan, yor-yor, laparlar aytishgan.
So`ng o`quvchilarga P.Momin sh`eri, D.Omonullayeva musiqasi bilan yaratilgan “Olma” qo`shig`i o`rgatiladi.She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Olma” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Olma” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |