Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
7-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:16,10
Mavzu: Biz yoqirgan qo`shiqlar.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “O`qishni bilib olsang” qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali “Andijon polkasi” kuyi eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.”Andijon polkasi” bu bizning milliy kuyimiz hisoblanishi, turli milliy tadbirlarda bu kuy ijro etilishi aytib o`tiladi.
So`ng kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x ku va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.Musiqada 7 ta tovush bor. Bular: do, re, mi, fa, sol, lya, si.Bu tovushlarning barchasi nota chizig`iga yoziladi.Bu tovushlarning eng yuqorisi si hisoblansa, do eng past aytiluvchi tovushdir. Har bir xonanada musiqa ijro etayotganda albatta mana shu tovusghlarning joylashishiga qarab qo`shiq kuylaydi.
So`ng o`quvchilarga P/Mo`min sh`eri, N.Norxo`jayev musiqasi bilan yaratilgan “Salom bergan bolalar” qo`shig`i o`rgatiladi.She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |