TINCHLIK QUSHI HAQIDA MEN O‘QIGAN SHE’R
Shukur Sa’dulla
Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar.
Keng yurtimni ko‘raman,
Ko‘nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko‘ray, —
Deb boraman ohista.
Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay —
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman,
Oq kaptar —
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko‘z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar.
Charx uradi osmonda,
Tinchlik! — deya solib jar:
Bilsin urishqoq, jallod,
Qotil, odamxo‘r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta-kichik, er-ayol!
Urush bo‘lmay jahonda
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi — oq kaptar!..
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xshatadi?
2. «Qotil», «battol», «jallod», «odamxo‘r» so‘zlarining ma’nosini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |