Sana: Mavzu: Baliqchi va baliq haqida ertak. A. S. Pushkin Maqsad


DO‘STLIK Xudoyberdi To‘xtaboyev



Download 10,97 Mb.
bet31/62
Sana31.12.2021
Hajmi10,97 Mb.
#261875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
4-sinf o'qish IV-chorak

DO‘STLIK

Xudoyberdi To‘xtaboyev

Abduqodir Vovaga yozayotgan xatini boshidan o‘qib chiqqan edi, o‘ziga yoqmadi: nuqul keraksiz so‘zlarni yozibdi-yu, muhimlari qolib ketibdi. Yangitdan yozmoq- chi bo‘lib: «Esingdami, Vova», — deb boshladi. Bosh- ladi-yu, yana yoza olmay, derazadan olmazorga tikilga- nicha, xayolidan o‘tgan davr kecha boshladi.

...Bir kuni kosadagi sutni to‘kib qo‘yib oyisidan qochib chiqqan edi. Ko‘chalarda bekor aylanish joni- ga tegdi. Keyin nima gaplar bo‘layotganini bilish uchun maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko‘chib kelgan rus tili o‘qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla sochli bolaga ko‘zi tushib qoldi. Abduqodir yaqinroq bo- rib, begona bolaning kurakchasini oldi-da, ura qochdi.

Kerak bo‘lsa, olaver, — dedi to‘satdan o‘zbek- chalab Vova, — menda ko‘p.

O‘sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tanishib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Vovalar Katta dovon qish- log‘idan ko‘chib kelayotganlarida ularning yettita quyon- lari o‘sha yerda qolib ketibdi. Bitta ona quyonni olib qaytishibdi.

Hademay o‘qishlar ham boshlanib ketdi. Ikkovlari bir sinfda o‘qiy boshladilar. Endi ular birga dars tayyorlashar, birga o‘ynashar, bo‘sh vaqtlarida esa Vovaning quyonlariga o‘t keltirish uchun dalalarga chiqishar edi. Bir kun ikkovlari adir tomonda adashib ham qolishgan. Bu voqea 4- sinfda o‘qiyotganlarida yuz bergan edi. Ular olma keltirish uchun bog‘ga borishdi. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshla- gan, hamma yoqda o‘t-o‘lanlar ko‘karib, zilol suvli ariqlar bo‘yida chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib, en- digina orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yongi- nasida bir quyon bolasi sakrab, o‘ynoqlab qoldi:

Quyon! — deya qichqirdi Vova va ortidan quvlay boshadi. Abduqodir ham yugurdi. Quyon bolasi o‘ynoq- lab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong‘i tushib, ko‘z ko‘rmay qolguncha quyonni quvlashdi.

Shu payt yaqinginada chiyabo‘rining chaqaloq inga- lashiga o‘xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham cho‘chi- tib yubordi...

Vova, — dedi Abduqodir o‘zidagi qo‘rquvni bo- sish uchun ataylab qattiq tovushda, — sen katta bo‘lsang quyonchi bo‘lmoqchimisan?

Albatta, — dedi Vova tovushini undan ham ba- land qilib.

Men bobomga o‘xshab bog‘bon bo‘lsam kerak, bobom: «Qarib qoldim, o‘rnimga seni qoldirmoqchi- man», — deydilar.

...Bir nafasdan so‘ng xat ham tayyor bo‘lgan edi.

Abduqodir pochta tomon yo‘l oldi.


Download 10,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish