Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Qadimgi Yunoniston o’qituvchilari oldiga qanday maqsad qo’yilgan edi? Yunon maktablari hozirgi maktablardan nimasi bilan farqlanadi?
Olimpiya ishtirokchisi nomidan hikoya tuzing. Siz u yerda nimalarnl ko’rganingizni so’zlab bering.
Gomerning "Odisseya" qahramonlik dostonida nimalar haqida hikoya qilinadi?
Qaysi dostonda Gomer Troya oti haqidagi afsonani tasvir-laydi? Sizningcha, shunday voqea chindan ham ro’y berishi mumkinmidi?
Bolalikdan yunonlar miyasiga jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to`g`risidagi dunyoqarash singdirilar edi. Maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi lozim edi. Sport rivojlantirilishi va Olimpiada o`yinlariga yalpi qiziqish ham shunga xizmat qilar edi. Bolalikdanoq o`g`il bolalarga she'riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi. Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon pahlavon kurashchisi Gerakl go`yo ertak bag`ridan chiqib kelayotgan ulkan odamga o`xshaydi. Shundaymasmi?! Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon madaniyatining o`ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko`rsatish muhim edi. Bordiyu usta haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan mushak va changallaridagi kuchni ko`rmagan, qudratli, mashq ko`rgan tanasi go`zalligini his etmagan bo`lardik. Umumiy ta'limdan tashqari o`g`il bolalar ikki yillik harbiy ta'limni ham o`tashgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo`lishni o`rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal'alarida harbiy xizmatni o`tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san'ati asoslarini o`rganishar edi. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to`lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog`lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko`rikka yetib kelishi shart bo`lgan. So`ngra esa o`z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbatdavlat har bir fuqarosining oliy matonati va jasorati hisoblangan. Yunonlarga yuksak vatanparvarlik hissi xos bo`lgan. Vatan himoyasi yo`lida halok bo`lganlar qahramonlar deb e'lon qilinar edi. Qahramonlar dafn etilgan joylarda qurbonliklar bag`ishlangan. Olimpiada o`yinlari. Sport barcha yunonlar uchun umumiy ermak edi. Ilk marotaba miloddan avvalgi 776-yilda o`tkazilgan Olimpiada o`yinlari turli-tuman sport musobaqalari orasida eng asosiysi hisoblangan. Ana shu sanadan boshlab har to`rt yilda bir marta Olimp tog`ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to`rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo`lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiadaga eson-omon yetib kelishlari uchun o`yinlar o`tkazilayotgan paytda urushlar to`xtatilar edi. Yunonistondagi Olimpiada o`yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag`ishlab o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiada o`yinlarida faqat jinoyat sodir etib, sha'niga dog` tushirmagan ozod yunon ishtirok etishga haqli edi. Musobaqalarda uch karra g`alaba qozongan sportchi Olimp tog`ida o`z haykalini o`rnattirishga haqli bo`lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiada o`yirdariga qarab yuritganlar. G`oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiada o`yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar o`yinlar paytida hatto Olimp tog`i yaqiniga ham kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo`yicha alohida musobaqalar o`tkazilar edi. Miloddan avvalgi 394-yilda ustma-ust sodir bo`lgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo`lib ketgani sababli qadimgi Olimpiada o`yinlari ham o`tkazilmasdan qoldi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiada o`yinlari qayta tiklandi. Olimpiada o`yinlari ochiladigan kunda mash'ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash'ala Olimpiada musobaqalari o`tkaziladigan joyga keltiriladi. Gomerning "Illiada" va "Odiseyya" dostonlari. Miloddan avvalgi XII asr boshlarida yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan. Mo`l-ko`l o ija ustida urush olib borilgan. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosi Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o`g`irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to`qqiz yil Troyani behudaga qamal qiladilar. "Iliada" degan mashhur yunon dostoni ana shu urushning oxirgi o`ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo`m-bo`sh ulkan yog`och ot yasashadi. Ana shu yog`och ot ichida yunon qo`shinlarining bir qismi yashiringan, boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o`rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to`xtatishdi va Troya homiyasi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg`a qilishdida, degan to`xtam ga keldilar. Kohin Laokoon Troyaga yog`och ot olib bormaslikka yunonlarni ishontirdi. Ammo, asotirlardan birida hikoya qilinishicha, dengiz ostidan suzib chiqqan ikki ulkan ilon Laokoon va uning ikki o`g`liga hamla qilgan.
V.Mustahkamlash:
Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
Qadimgi Yunoniston o’qituvchilari oldiga qanday maqsad qo’yilgan edi? Yunon maktablari hozirgi maktablardan nimasi bilan farqlanadi?
Olimpiya ishtirokchisi nomidan hikoya tuzing. Siz u yerda nimalarnl ko’rganingizni so’zlab bering.
Gomerning "Odisseya" qahramonlik dostonida nimalar haqida hikoya qilinadi?
Qaysi dostonda Gomer Troya oti haqidagi afsonani tasvir-laydi? Sizningcha, shunday voqea chindan ham ro’y berishi mumkinmidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |