Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6



Download 1,24 Mb.
bet101/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Attika aholisi qaysi guruhlarga ajratilgan edi?

  2. Nega Afina fuqarosi bo’lish nafaqat faxrli, balki foydali ham edi?

  3. Afinada bolalarga nimalar o’rgatilgan?

  4. Sparta davlati qanday qilib tashkil topdi? Bu davlat aholisini qanday atashgan?

Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda dehqonchilik va hunarmand chilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib boradi. Yunon shaharlarining ko`pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo`li bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar va ularning tevaragida joylashgan qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga keltiradi. Afina va Sparta davlatlari eng yiriklari bo`lgan. "Polis" deb atalgan barcha shahar-davlatlar o`z armiyasiga ega bo`lgan (yunoncha "polis" so`zi "shahar" ma'nosini anglatadi). Polislar bir-birlari bilan tez-tez jang qilib turar, shuning uchun ham askarlarga ta'lim-tarbiya berish va durust qurollantirishga intilar edi. Armiyaning asosini og`ir qurollangan askarlar - goplitlar tashkil etgan. Ular to`rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan jang qilishgan. Jangovar safga shu tariqa tizilish esa falanga deb atalgan. Mabodo oldinda borayotgan goplit o`ldirilsa, uning ortida turgan jangchi halok bo`lgan askar o`rnini egallagan. Askarlar qilichlar va nayzalar bilan qurollangan, ularni bronza va teridan yasalgan ko`krak sovuti va teri qoplangan yog`ochdan yasalgan qalqon himoya qilar edi. Boshni esa bronzadan yasalgan qattiq dubulg`a muhofaza qilgan. Afina davlati. O`rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog`lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. II mingyillikda Attikaning g`arbiy qismida yunonlar "Akropol", ya'ni "Yuqori shahar" deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko`chib kelib o`rnasha boshladilar, shu tariqa Afina shahri dunyoga keldi. Attika aholisi uch katta guruhga bo`lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo`lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo`la olar edi. Afina davlati fuqarosi bo`lish nafaqat faxrli, qolaversa foydali edi, negaki miloddan avvalgi V asrdan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to`lana boshladi. Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalanardilar. Fuqarolar shuningdek og`ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar. Forslar ustidan g`alaba qozonilganidan keyin quldorlar qullar hayotini qadrlamay qo`yishdi, chunki ular shu qadar ko`payib ketganki, arzimas pulga sotilar edi. Kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish Afina davlatiga katta daromad keltirar edi. Bundan tashqari, Afina dengiz ittifoqi mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topdi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga minglab qullar va xilma-xil tovarlar keltirilar edi. Afina dengiz ittifoqi g`aznasi Afina shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o`z ixtiyoriga ko`ra foydalanar edi. Afinada ta`lim. Afinada davlat maktablari bo`lmagan. Ota-onalar o z bolalarini o`qitish uchun pedagogga. haq to`lashar edi (yunonchadan "pedagog" so`zi "bolani yo`lda kuzatib boruvchi" ma'nosini anglatadi). Qonun bo`yicha faqat o`g`il bolalar uchun ta'lim olish majburiy edi. Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o`rgatilgan. Metall tayoqcha - stil bilan mum surkalgan taxtachalarga harflarni yozishardi. Aksariyat fuqarolar uchun ta'lim shundangina iborat edi. Puldor ota-onalarning farzandlari esa palestrlarda tahsilni davom ettirishardi. Palestrda adabiyot o`qitilar, she'r yozish va musiqa o`rgatilar edi. O`g`il bolalar 14 yoshdan gimnastika bilan shug`ullanardilar. Ayni mahalda ularga kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash hamda yugurish ham o`rgati.lardi. o`spirinlar shuningdek mushtlashuv janglari, harbiy ishlar va otda salt yurishni o`rganishgan. Palestrlarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan. Masalan, palestrlardan birida Mironning "Diskobol" (Disk irg`ituvchi) va Polikletning "Nayzabardor" degan haykallari o`rnatilgan. Haykal vositasida yigit kishi qanday bo`lishi - kuchli, jismonan barkamol va o`z vatani himoyasiga shay turishi kerakligi uqtirilgan. Afinada oliy ma'lumot beradigan o`quv yurtlari ham bo`lgan. Ammo ularda faqat o`ta boy ota-onalar farzandlarigina o`qish imkoniyatiga ega bo`lishgan. Bunday ta'lim muassasalarida astronomiya, geometriya, geografiya, tarix o`qitilardi. Ta'lim olish muddati 3-4 yil davom etgan. Ana shundan keyin davlatda ma'lum bir lavozimni egallash imkoniyati vujudga kelgan. Sparta. Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga ko`chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo`ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Mil. avv. VIII asrda ular Meseniyani ham bo`ystindirdilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Boshqa yunon davlatlaridan farqli o`laroq, spartaliklar qulga aylantirgan ilotlar ham aslida yunonlar bo`lib, ular bilan bir tilda so`zlashar edi. Ilotlar qo`ldan ketgan ozodlik va yerlari uchun kurashni hech mahal to`xtatmadilar. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qullar soni uncha ko`p bo`lmagan Afinadan farqli o`laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi ko`pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o`z hukmdorligini faqat birlashgan kuchli davlat tashkil etish bilan saqlab qolish iloji bo`lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o`z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: hamma amal qilishi lozim bo`lgan qat`iy intizom va aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo`ravonlik. Sparta urushga tayyorgarlik ko`rayotgan bir shaharga o`xshab qolgan. Ko`chalarda safda yurib kelayotgan spartaliklarni ko`rish va harbiy qo`shiqlarni eshitish mumkin edi. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Ajnabiylar ham Spartaga unchalik oshiqishmagan - savdo-sotiq sust rivojlangan, san'at asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham yo`q edi. Hamma uylar bir-biriga o`xshar, Afinadagi kabi, ajnabiylarni lol qoldirguvchi favvoralar va haykallar ham bo`lmagan. Yalpi harbiy tayyorgarlik madaniyatdagi yo`qotishlar bo`lib qaytdi.
V.Mustahkamlash:

  1. Attika aholisi qaysi guruhlarga ajratilgan edi?

  2. Nega Afina fuqarosi bo’lish nafaqat faxrli, balki foydali ham edi?

  3. Afinada bolalarga nimalar o’rgatilgan?

  4. Sparta davlati qanday qilib tashkil topdi? Bu davlat aholisini qanday atashgan?




Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish