Rim tarixiga kirish
Tabiati.
Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Messin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoning rivojlanishiga turtki berdi.Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi. Faqatgina 20 % hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari, Latsiya tekisligi va Po daryo vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, polba ekilgan. Qadimda bog‘dorchilikda zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani geografik jihatdan 3 qismga bo‘lish qabul qilingan: 1. Shimoliy (Liguriya, Alp orti Galliyasi va Venetsiya);
2. O‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy)
3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Aholisi.
qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g‘orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o‘rnashdilar. Mil.avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to‘lqini Villan madaniyatini (Boloniya yaqinidagi joy nomi bo‘yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil.avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so‘zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar qabilalar guruhi tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida, samniylar tog‘li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo‘lgan volsklar lotinlardan janubdagi hududda joylashganlar. kelishigacha eng qadimgi tub joy aholi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy-g‘arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashaganlar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib, jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Mil.avv. I ming yillikda yarim orol aholisining asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo‘lgan italiyaliklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi. Yunonlar ilk bor Italiyada mil.avv. II ming yillikda paydo bo‘ldilar. Mil.avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko‘plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi.
Etrusklar. Gerodot, Starabon, Katta Pliniy va Tatsit etrusklar Kichik Osiyodagi Lidiyadan mil.avv. XIII asrda dengiz orqali Italiyaga kirib kelganlar, deb ma’lumot beradilar. Etrusklar to‘g‘risidagi ilk aniq ma’lumotlar mil.avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O‘rta Italiyadagi Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan. Etruriya shaharlarining paydo bo‘lishi mil.avv. VIII asrga mansub.Mil.avv. 524-yilda yunonlar Kampaniya yonida, mil.avv. 474-yilda Qum yonida etrusk flotini tor-mor qildilar. Mil.avv. 509-yilda rimliklar so‘nggi etrusk podshosi Tarkviniy Mag‘rurni shahardan haydab yubordilar. Mil.avv. 265-yilda etrusk shahri Voliniyaning qulashi bilan rimliklar Etruriyaning to‘la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar romanlashuv jarayonida o‘z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo‘shilib ketdilar.
Rim tarixini davrlashtirish.
Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko‘ra, olti davrga bo‘linadi:
1. Podsholik davrida Rim (mil.avv. VIII–VI asrlar). Bu davrda urug‘-qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi. Ilk sinfiy jamiyat paydo bo‘ladi va Rimning bo‘lajak siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida asos bo‘lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi.
2. Ilk respublika davri (mil.avv. V–III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va davlatining uzluksiz taraqqiyoti bilan belgilanadi.
3. So‘nggi respublika davri (mil.avv. II–I asrlar). Bu davrda klassik qulchilik shakllanib, Rim O‘rtayer dengizi davlati tashkil topadi.
4. Ilk imperiya yoki prinsipat (milodiy I–II asrlar) davri. Bu davr Rim imperiyasining oltin davri. O‘rtayer dengizi antik sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o‘sishi bilan belgilanadi;
5. Umumiy tushkunlik. Rim imperiyasining yemirilish xavfi (milodiy III asr). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko‘rinadi va Rim davlatchiligining halokati xavfi tug‘iladi;
6. So‘nggi Rim imperiyasi yoki Dominat (milodiy IV–V asrlar). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag‘rida feodalizmning ilk belgilari shakllanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan belgilanadi.
Serviy Tulliy islohoti.
Podsho Serviy Tulliyning islohotlari Rim jamiyatini urug‘ jamoasidan davlatga o‘tishida muhim o‘rin tutdi. U harbiy islohot va unga bog‘liq senz (mulk) islohotlarini o‘tkazdi.Bu o‘zgarishlar natijasida kuriyalar bo‘yicha yig‘inlarni ikkinchi darajali qilib qo‘ygan senturiy komisiyalari yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Podsholik davri so‘nggida mulkchilikning antik shakli bilan Rim polisi yoki civitas – fuqarolik jamoasini shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o‘tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama-qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug‘chilik tuzumi asoslarini yemirdi.Podsho Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar)
Rimning barcha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifaga bo‘ldi: 100 000 mis assga teng mulkka ega bo‘lgan I toifa; 75 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan II toifa; 50 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan III toifa; 25 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan IV toifa; 11 500 ass qiymatli mulkka ega bo‘lgan V toifa, VI toifa butun boyligi faqat bolalari bo‘lgan barcha kambag‘allar proletariy (latincha proles – «avlod»)larni tashkil etdi.
Har bir toifa Rim qo‘shini tarkibiga belgilangan miqdorda senturiy (yuzlik qo‘shin) berishi shart edi: I toifa – og‘ir qurollangan piyodalar 80 senturiy, suvoriylar 18 senturiy, jami 98 senturiy; II toifa – 22 senturiy; III toifa – 20 senturiy; IV toifa – 22 senturiy; V toifa – 30 senturiy yengil qurollangan piyodalarni; VI toifa – 1 senturiy, jami olti toifa 193 senturiy (yuzlik) berishi shart edi.Xaql yig‘inida har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ko‘pchilik senturiy ovozi bilan qaror qabul qilingan. Senz fuqarolarning huquq va burchlari uyg‘unligini ta’minlashi lozim edi. Rimlik fuqaro qanchalik darajada boy va zodagon bo‘lsa, shuncha darajada umum foydasiga mablag‘ sarflashga majbur edi. Serviy Tulliy xalq yig‘inining yangi ko‘rinishi senturiy komisiyalarini joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdilar. Senturiylarda odamlarning soni bir necha o‘ndan (1 toifa) bir necha yuzgacha (proletar senturiylari) tebransa-da, har bir senturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk senzi toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda, senturiy komisiyalarida hal qiluvchi ovozga mulkdor fuqarolar egalik qildilar.Mulkiy senzdan tashqari, yosh senzi ham belgilandi: yoshlarning senturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o‘tadilar, keksalarning senturiylari (46 yoshdan katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Rim qo‘shini podsho qo‘mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi. Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o‘tkazdi. Rim davlati hududi 21 okrugga (mil.avv. 241-yildan ularning soni 35 taga yetdi) bo‘lindi. Bu okruglar trib deb (ulardan 4 tasi shahar, qolgan 17 tasi qishloq tribi) ataldi.Senturiy komisiyalari ixtiyoriga kuriya komisiyalarining muhim vakolatlari – qonunlarni qabul qilish, mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabilari o‘tdi. Serviy Tulliy islohoti demokratik ruhda bo‘lib, u zodagon bo‘lmagan, qobiliyatli oddiy fuqaroga o‘zini mehnati va samarali faoliyati bilan yanada yuqoriroq mulk senziga o‘tish imkoniyatini berar edi. Bu islohot oqsuyak urug‘ zodagonlarining ta’sirini zaiflashtirdi. Serviy Tulliy ibtidoiy jamoa munosabatlarini zaiflashtirdi. Rim shahrini lotin shaharlari ittifoqidagi mavqeyini mustahkamladi, patritsiy va Plebeylarni bir-biriga yaqinlashtirdi. Islohot davlat hokimiyatining ilk shaklini mustahkamladi. Ammo bu islohotlar senatorlarga yoqmadi. Keyinchalik Tulliyning ishini uning kuyovi Magʻrur Tarkviniy davom ettirdi.
Qulchilik.
Mil.avv. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) shaklda edi. Mil.avv. V asrdan qul mehnati xo‘jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yildagi qonun bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlarda olingan asirlar hisobidan to‘ldirila boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi. Inson shaxsi huquqlari kam darajada bo‘lsada, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‘rtasidagi farq unchalik keskin emas edi. Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulkka daxl qilish og‘ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan o‘lim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‘ilganlarga nisbatan og‘ir edi. O‘g‘rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa savalanganidan so‘ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo‘r qarzdorni qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi.
Rim tarixi manbalari.
Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o'ynashi bilan uning tarixi to'g'risida boy ma’lumotlar to'plana boshlandi.Er. aw. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Rim rcapublikasini so'nggi davridagi yirik siyosiy arboblar Sitseron va Sezaming asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to'g'risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asanda Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.Er. aw. I asr so‘ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning «Rim qadimiyatlari « nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to‘la saqlanib qolgan bo‘lib, er. aw. 442-yilgacha bo‘lgan voqealar bayon qilinadi.Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to‘g‘risida qimmatli maiumotlar berilgan.II—III asrlar tarixiga oid asarlar to‘la saqlanmagan. Ulami ichida IV asrda tuzilgan «Avgustlar tarixi yozuvchilari», «imperatorlar taijimai hollari» kabi to‘plamlami ko'rsatish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari va sudi, Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, karriediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog'ida boigan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko'p miqdorda me’moriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko'priklar, portlar saqlanib qolgan.
1-kurs 19.75
Do'stlaringiz bilan baham: |