Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Misrliklarning hayvon timsolidagi xudolarga sig'inishi haqida sozlab bering.
Nega Quyosh xudosi Misrnmg bosh xudosi hisoblangan?
3. Qadimgi misrliklar dinining eng qadimgi odamlar diniy e'tiqodi bilan o'xshashligi nimada?
4 Qadimgi Misr xudolarini sanab bering
5. Misr kohinlari nufuzi va kuch-qudratining sababi nimada?
Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo`lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o`tib olib, mushuk, qo`y, ho`kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o`rnatilgan. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari, ular xudolarni dindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan. Quyosh xudosi Ra Nildan suzib o`tmoqda. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi - Ptax bo`lgan, Ptax esa, misrliklar e'tiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko`rishning iloji yo`q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz timsolida tasavvur etilgan. Misrliklar o`z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so`rashar edi. Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo`lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi bo`lmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Fir'avnlar Quyosh xudosi o`g`illaridir, hukmdorlar hamma ishni o`zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi - Nil xudosi- Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo`lib, o`z xalqini dehqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahrida hozirgacha saqlanib qolgan.
Set - Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi;
Do'stlaringiz bilan baham: |