Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6



Download 1,24 Mb.
bet114/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Miloddan avvalgi VII—’VI asrlarda o’zbekiston hududida qaysi qabila va elatlar yashaganlar?

  2. Etnos, etnik birlashma nima?

  3. Miloddan avvalgi VII—’VI asrlarda o’zbekiston hududida rivoj topgan hunarmandchilik turlahni sanab bering.

  1. o’zbekistonning qadimgi davlatlari qaysilar?

  2. o’zbekistonning ilk shaharlari qanday ko’rinishda bo’lgan?

  3. Yozuvsiz xaritada o’zbekistonning ilk shaharlarini belgilang.

  4. o’zbekistonning qaysi viloyatlarida eng qadimgi shaharlar va davlatlartashkil topdi?

Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O`zbekiston hududida so`g`diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So`g`da ("Avesto"da), So`g`uda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So`g`diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so`g`diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklar bo`lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. So`g`diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning Shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Bahdi ("Avesto"da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho`llar va Amudaryo bo`ylarida ko`chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog`lik, dasht va cho`l yerlarida asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o`z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy-qabila ittifoqini tuzadilar. Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo`lingan. Ularning ko`pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o`tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh saka-tiay-taradarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo`ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog`li tumanlarida va Farg`onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashashgan. Iqtisodiyot rivoji. Xorazm, So`g`diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti o`sha vaqtda sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik edi. Jamiyat hayotida hunarmandchilik va savdoning ham o`rni katta bo`lgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik buyumlari, temir va bronza qurollari topilgan. Ko`chmanchi sak va massaget elatlarining asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lib, ularning tuya, ot va qo`y echkilardan iborat katta-katta suruvlari bo`lgan. Hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g`alla va mevaga ayirboshlaganlar. Markaziy Osiyo xalqlari Sharq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo`lganlar. Xalqaro savdo va madaniy aloqalar shaharsozlikni taqozo etgan. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan bo`lib, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi. Qadimgi shahar madaniyati. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo`rg`on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko`zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlarni o`rganishgan. O`zbekistonning bunday qadimiy shaharlari qanday ko`rinishga ega bo`lgan? Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o`ralganligidir. Shaharda hokim yashaydigan qal'a bo`lgan. Qal'ada xom g`ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo`lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan. Masalan, ilk Qiziltepa shahri mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralib, devor suv to`ldirilgan xandaq bilan ihotalangan. Devorning burjlari va o`q otish uchun maxsus shinaklari ham bo`lgan. Shahar ichkarisida xonadonlar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Ilk davlat birlashmalari. O`zbekiston hududlarida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Ushbu davlatlar dehqonchilik bilan shug`ullangan mahalliy aholi madaniyatining rivoji asosida paydo bo`lgan. Bizning ajdodlarimiz ularning tub aholisi bo`lib, uzoq tarixiy taraqqiyot yo`llaridan o`tganlar. Marg`iyona va So`g`diyona ham Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo`lgan. Shuning uchun u qadimda bir biriga qarindosh bo`lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O`zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta'sirida bo`lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo`rg`on va Afrosiyob o`rnida Baqtriya va So`g`dning markaziy shaharlari joylashgan.

V.Mustahkamlash:

  1. Miloddan avvalgi VII—’VI asrlarda o’zbekiston hududida qaysi qabila va elatlar yashaganlar?

  2. Etnos, etnik birlashma nima?

  3. Miloddan avvalgi VII—’VI asrlarda o’zbekiston hududida rivoj topgan hunarmandchilik turlahni sanab bering.

  4. o’zbekistonning qadimgi davlatlari qaysilar?


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish