Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1. Qaysi daryolar vodiysida Xitoyning ilk sivilizatsiyalari vujudga kela boshladi?
2. Nima uchun Xuanxeni «beqaror daryo» deb atashgan?
3. Xitoyda birinchi davlat qachon tashkil topdi? U qanday atal- gan?
4. Xitoyning qaysi qadimgi davlati «Zafaryor» degan nom olgan edi?
5. Qadimgi Xitoy aholisining asosiy mashg'ulotlarini sanab be- ring.
Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo`ylarida miloddan avvalgi III-II mingyilliklarda kurtak yoya boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe daryosining o`rta oqimida vujudga keladi (xitoycha "Xuanxe" - "Sariq daryo" ma'nosini anglatadi). Xitoyliklar "beqaror daryo", "minglab ofatlar daryosi" deb ham ta'riflagan Xuanxe o`zanini tez-tez o`zgartirib turardi. o`rtacha har ikki-uch yilda bir marotaba kuchli va sertalafot suv toshqinlari bo`lib o`tardi. Odamlar bu toshqinlardan tepalik joylarda jon saqlab qolishardi. Miloddan avvalgi III mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo bo`la boshladi. Mil. avv. II mingyillik oxirida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi "Shan" deb atalgan. Mil. avv. II mingyillik oxirida Shanga qo`shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o`zinikiga qo`shib oldi va "Chjou" degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois hukmdorlar uni "Zafaryor" yoki "o`rta podsholik" deb, o`zlarini esa "Osmon o`g`illari" deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan edi. Aholining mashg`ulotlari. Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug`doy bo`lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug`i Hindistondan keltirilgan. Sholi yetishtirish oson ish emas. Urug` sochilishi oldidan dala ho`kiz qo`shilgan omoch bilan shudgor qilinadi. Shudgordan keyin tishlari kalta-kalta og`ir borona bilan dala tekislanadi. Sholi urug`i oldindan namlab qo`yilgani tufayli ko`kara boshlaydi. Ko`kargan urug` ko`chati yerga o`tqaziladi. Ekiladigan uchastka ko`llatib sug`oriladi, ko`chat bo`yi 20-25 santimetr bo`lganida dalalarga o`tqaziladi. Sholipoya 5-10 santimetr qalinlikda ko`llatib sug`oriladi. Taxminan 100 kundan keyin sholi pishib yetiladi, hosilni yig`ishtirib olgandan keyin yog`ochdan yasalgan zanjirlar bilan yanchiladi. Xitoy aholisi keyinchalik "choy" daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo`lmish "choy" tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o`raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va tiniq mato bo`lmish ipak tayyorlanadi..
V.Mustahkamlash:
Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
1. Qaysi daryolar vodiysida Xitoyning ilk sivilizatsiyalari vujudga kela boshladi?
2. Nima uchun Xuanxeni «beqaror daryo» deb atashgan?
3. Xitoyda birinchi davlat qachon tashkil topdi? U qanday atal- gan?
4. Xitoyning qaysi qadimgi davlati «Zafaryor» degan nom olgan edi?
5. Qadimgi Xitoy aholisining asosiy mashg'ulotlarini sanab be- ring.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |