Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7


Sharqiy va G‘arbiy turk xoqonliklarining o‘xshash jihatlarini aniqlang. 3



Download 57,15 Kb.
bet6/8
Sana19.02.2022
Hajmi57,15 Kb.
#458604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7 o`zb.tarixi

2. Sharqiy va G‘arbiy turk xoqonliklarining o‘xshash jihatlarini aniqlang.
3. G‘arbiy turk xoqonligiga qaysi hududlar kirgan?
4. Xoqon To‘ng yabg‘u davrida qaysi sohada islohot o‘tkaziladi?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: -mavzu savollariga javob yozish.
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____

Mavzu: 7-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI

Darsning maqsadi : Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarga MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
O`z fikrini og„zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi.
II.Yangi mavzu bayoni: Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug‘d ixshidlari– voha hukmdorlari edi. O‘rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Sug‘d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Mazkur ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan edi. Ularning har biri o‘z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon,
Xuttal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan. Toxariston poytaxti Balx shahri bo‘lgan. Farg‘ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning
turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Chochning
markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa “dehqon” deb atalardi. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi , O‘rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‘lgan. Ular ko‘handiz, shahriston, rabotdeb yuritilgan. Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi bo‘lgan.
Mustahkamlash: 1. Sug‘d ixshidligi qaysi vohada joylashgan edi? Ushbu mahalliy hokimlik nechta mulklarni birlashtirgan edi? 2. Eslab ko‘ring-chi, Toxariston hududi avval O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan qaysi davlat hududiga o‘xshash bo‘lgan?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: -mavzu savollariga javob yozish.
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________


Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____

Mavzu: 8-§. VI–VII ASRLARDA MADANIY HAYOT

Darsning maqsadi : Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarga VI–VII ASRLARDA MADANIY HAYOT haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi. (metodik qo`llanma yordamida )
II.Yangi mavzu bayoni: Bu davrda Sug‘d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida alohida yozuvlari bo‘lgan. Sug‘d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, 25 harfli yozuviga ega bo‘lgan. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug‘ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o‘rganilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy
tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Sug‘dda o‘g‘il bolalar besh yoshga to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko‘kturk) xati ham keng qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38–40 harflardan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabrtoshlar, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan. VI–VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik,
buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi zardushtiylik diniga
e’tiqod qilgan. V–VII asrlarda dehqonchilk maydonlari kengayib, mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi
shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi. Shahar atrofidagi rabotda hunarmandlar, dehqonlar yashagan. Buxoro va Poykand shaharlarining maydoni 20 gektardan oshmagan. Bu davrda O‘rta Osiyoda eng katta shaharlardan biri Samarqand edi. Uning umumiy maydoni qariyb 200 gektardan bo‘lgan. Shahriston qurilishi Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent shaharlaridagi arxeologik tadqiqotlar orqali o‘rganilgan.
Mustahkamlash: 1. Ilk o‘rta asrlarda aholi qanday yozuvlardan foydalangan?

Download 57,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish