Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7



Download 57,15 Kb.
bet5/8
Sana19.02.2022
Hajmi57,15 Kb.
#458604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7 o`zb.tarixi

IV.Mustahkamlash:O`quvchilar atamalarga izoh beradilar
Dehqon (qishloq hokimi) - … Kashovarz - …
Kadivar - … Chokar - …
Objuvoz - … Moyjuvoz - …
Iqtidorli o`quvchilarga alohida topshiriq beriladi.
1.”Dehqon”larning shakllanish jarayonini ko`rsating. 2.Dehqonchilikdagi yutuqlarni ko`rsatib bering.
Faol o`quvchilar va iqtidorli o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:1-mavzu savollariga javob yozish.
1. Dehqonchilikda qanday yutuqlar qo„lga kiritilgan?
2. Qanday omillar qishloqlar nufuzining ko„tarilishiga sabab bo„lgan?
3. Nima sababdan qo„riq va bo„z yerlarni o„zlashtirishga ehtiyoj kuchaydi?
4. Dehqonlar va kadivarlar tabaqasi qay tariqa shakllandi?
5. Kashovarzlar kim, ular haqida nimalarni bilib oldingiz?
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________

Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____

Mavzu: Ilk o`rta asrlar davlatlari.

Darsning maqsadi

Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarni ilk o‟rta asr davlatlari bilan tanishtirish ularni ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari, yerga egalik qilish munosabatlari haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
o„z fikrini og„zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to„g„ri qo„ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o„rganish orqali o„quvchilar tarix fanining o„rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma‟lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro„y bergan voqealar haqida ma‟lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”
Shakl: jamoa, guruhda ishlash
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi.
1.Ilk o`rta asrlarda dehqon kim bo`lgan?
2. Erkin ziroatchilar tabaqasi kim deb atalgan?
3. Chokarlar kim bo`lgan?
4. Hozirgi paytgacha Toshkent shahar atroflarida mudofaa inshootlarining xarobalaridan qaysilarini bilasiz?
5.”Oqtepa”larning qaysi biri yaxshi o`rganilgan?
6.Yunisobot qo`rg`onida nechanchi asrlarda hayot bo`lgan?
7.Qadimgi shahar yodgorliklaridan qaysilarini bilaiz?
Faol o`quvchilar baholanib boradi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Zaiflashib borayotgan Qang„ davlatidan birinchi bo„lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig„iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o„rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog„iston- ning Ellikqal‟a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal‟a sha- har xarobasining o„rnida bo„lgan.Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig„ o„z qarorgohini Xo- razmning qadimgi Kat shahriga ko„chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o„ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning afrig„iy shohlari oldi tarafiga shoh surati, orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkam o„rnatib oladilar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmshohlar unvoni dastlab siyovushlar sulolasi tomonidan qabul qilingan. Beruniy bu haqda «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan... tarix oldilar. Shu vaqtdan Kayxusrav... turk podsholari (usti¬dan) hukmronligini yurg„izgan edi» deb yozgan. O„sha zamonda Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav kabi hukmdorlar «Xorazmshoh» unvoniga sazovor bo„lishgan.
IV asr o„rtalarida O„rta Osiyoga Yetti- suv va Sharqiy Turkistondan ko„chmanchi xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi.Xioniylar 353-yilda o„z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug„dga bostirib kiradilar. So„ngra ular Eronda tashkil top- gan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to„qnashadilar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Sho- pur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So„ngra ular o„rtasida tuzilgan sulh ittifoq orqali mustahkamlanadi. O„rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O„rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o„rnatildi. Sirdaryo bo„y- laridan to Amudaryo havzasigacha cho„zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.
«Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman man- balarida uchraydi. Bu nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftal¬lar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida Chag„oniyon, Toxariston va Badaxshon bo„ysundiriladi. Ular bir zarba bilan Sug„dda ham o„z hukmronligini o„rnatadilar. Eftallar davlati ni- hoyatda kuchayadi.

IV.Mustahkamlash
Davlatlarning nomi

Hukmronlik yillari



Poytaxti



Hukmdorlari



Xorazm davlati

III-VIII asrlar

Tuproqqal`a,Kat

Afrig`

Xioniylar davlati

370-490-yillar

Yettisuv

Grumbat

Kidariylar davlati

420-456-yillar

Balx shahri

Kidariy

Eftallar davlati

450-550-yillar

Poykand shahri

Vaxshunvar

Jadvalni to`liq to`ldirgan faol o`quvchilar va iqtidorli o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:2-mavzu savollariga javob yozish.
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________




Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____



Mavzu: 4-§. Eftallar davlati . EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT

Darsning maqsadi : Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarni EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT bilan tanishtirish ularni ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari, yerga egalik qilish munosabatlari haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
o„z fikrini og„zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to„g„ri qo„ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o„rganish orqali o„quvchilar tarix fanining o„rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi. III.Yangi mavzu bayoni: V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigachabo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan. Yozma manbalarda eftaliylar, eftallar,eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan bo‘lib, bu nomlar Eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar” dan olingan.Eftallar V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro
yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456-yilda Xitoyga elchi yuborgan. Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘z 484-yilda eftallarga qarshi bo‘lgan urush Pero‘zning halokati bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgansosoniylar ularga kumush hisobida belgilangan bojni uzluksi to‘lab turganlar.
. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar
hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan.V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm, So‘g‘diyona,Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lganalohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlatboshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlatharbiykuchgatayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. 563–567-yillarda Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan. Xo‘jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etniktarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Mustahkamlash:. Eftallar Davlati- Hududi- Faoliyat yuritgan davri , Hukmdori . -Xo‘jalik hayoti
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: -mavzu savollariga javob yozish.
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____



Mavzu: 5-§. O‘RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA

Darsning maqsadi : Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarni bilan tanishtirish ularni ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari, yerga egalik qilish munosabatlari haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
O`z fikrini og„zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi.
II.Yangi mavzu bayoni: VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Buminxoqon” deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga “Yabg‘u xoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkey qabilalar bo‘ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar.
Xoqonlik chegarasi Eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan. Natijada eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar
Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar. Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so‘ngra
Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531–579) tashabbusi
bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar 563-yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar.
Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo‘shini yengiladi.
Mustahkamlash: Budun – chorvador aholi
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
* Yasoq . Sharqiy xoqonlik , O‘tukan vodiysi ,G‘arbiy xoqonlik , Yettisuv
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: -mavzu savollariga javob yozish.
Mavzuning asosiy mazmunini so`zlab berish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____

Mavzu: 6-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI

Darsning maqsadi : Ta`limiy maqsad:-O‟quvchilarni haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: - O`quvchilarni o‟zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
Kommunikativlik
O`z fikrini og„zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Jihoz: darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, savollar beriladi.
II.Yangi mavzu bayoni: VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. G‘arbiy xoqonlik oziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni
saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lkalarda esa xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.Xoqon To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazoratkuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi. Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa Sug‘d savdogarlarining mavqeyi baland edi. G‘arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. O‘z yer mulkidan ajralgan kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Shunday xalq qo‘zg‘olonlaridan biri 585–586-yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo‘zg‘olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari – dehqonlarga qaytariladi.
Mustahkamlash: 1. Mustahkam markazlashgan davlatga xos asosiy belgilarni ayting.

Download 57,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish