Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar davlatchilik deganda nimani tushunishi, O`zbek milliy davlatchiligining qadimiyligini qanday bilishimiz mumkinligini, Milliy davlatchiligimiz necha ming yillik tarixga ega ekanligini, Tarixda yurtimiz hududida qanday davlatlar bo`lganligini, Sohibqiron Amir Temur qanday davlatga asos solganligini, Mustaqillikdan keyin tiklangan milliy davlatchiligimizning asosiy xususiyatlari haqida ,Ushbu rasmlarda qaysi buyuk sarkardalarning siymosi aks ettirilganligini bilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan , mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Do'stlaringiz bilan baham: |