Angliya XV asrda. Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida "Qizil va oq gullar" (1455—1485) urushi nomini olgan urushlar bo'lib o'tadi. Unda aholining 1/4, nomdor feodal zodagonlar — baronlarning deyarlik barchasi qirilib bitadi. Urushlar paytida taxtda bo'lgan Yorklarga qarshi hal qiluvchi Bosvort yaqinidagi jangda (1485-yil) g'olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo'llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi.
Genrix VII Tyudor (1485-1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Umshlarda qirilib bitgan normand zodagonlari o'rniga, qirol lordlar palatasiga kiritgan yangi angl-saks zodagonlari uning ishonchini qozonishga intilgan. Umumpalatasiga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham qirol kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig'ishga ruxsat berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |