Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Angliyaning yuz yillik urush davridagi iqtisodiy ahvoli haqida nimalar deya olasiz?
Uot Tayler qo'zg'oloni va uning ahamiyatini gapirib bering.
"Oq va qizil gullar" urushi haqida nimalarni eslab qoldingiz?
Cienrix VII Tyudor Angliyada qanday siyosat yuritgan?
Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II (1377—1399) mamlakatda 1377-yili qo'shimcha jon solig'i joriy etadi. 1380-yili jon boshi solig'i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yig'ishdagi suiiste'molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo'zg'oloniga sabab bo'ladi. Kambag'al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro'ga erishgan Jon Boll o'z va'zlarida "Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirganda kim dvoryan bo'lgan!" deb aytgan kinoyali so'zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Kenter- beri arxiyepiskopi buyrug'i bilan Jon Boll qamoqqa olinadi. Uot Tayler qo'zg'oloni. Qo'zg'olon 1381 -yilning may oyida soliq yig'uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo'zg'olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbar- laridan biriga aylanadi. Esseks va Kent grafliklari dehqonlaridan iborat qo'zg'olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo'l oladi. Londonliklar qo'zg'olonchilarga shahar darvozalarini ochib beri- shadi. Qirol a'yonlari, taniqli amaldorlar uylariga o't qo'yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi. Birinchilardan bo'lib Kenterberi arxiyepiskopi o'ldiriladi. Yosh qirol Richard 11 qo'zg'olonchilar bilan muzokaralar boshlaydi. U o'zini xalqqa do'st qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Bu orqali qirol qo'shinini Londonga yetib kelishi uchun vaqtdan yutiladi. Uchrashuvda qabul qilingan "Mayl End" dasturiga binoan: dehqon- larning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig'ini kamaytirishga rozilik beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan so'ng qo'zg'olonchilarning o'ziga to'q qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo'zg'olonchilarning kambag'al qismi bunga qoniqmay Londonda qoladi va qirol bilan yangi uchrashuv Smitfildda bo'Iadi. Yangi ishlab chiqil- gan dasturda: feodallar tortib olgan yaylov va o'rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo'lib berish, aholini teng huquqli bo'lishini ta'minlash kabi talablar bor edi. Uchrashuv paytida qirol a'yonlaridan biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to'qnashuvda yaralanib halok bo'Iadi. Sarosimada qolgan dehqonlarga, ularning barcha talablari bajarilishi va'da qilinib, shaharni tark etishga ko'ndiradilar. Lekin qo'zg'olonchilar izidan yuborilgan qo'shin, ulardan ayovsiz o'ch oladi. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchrasa-da, uning ta'sirida Angliyada dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan (barshina) voz kechiladi. Qaram dehqonlar ■xv asr davomida to'lov evaziga ozodlikka erishadi. Soliqlar tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |