Mavzu: Xitoy.
Maqsadlar: Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Xitoy davlati haqida tasavvurni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi, o`quvchilarbugunningJahondavaO`zbekistondagisiyosiyyangiliklaribilantanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi.
1.Oltin Orda xonligi qay tariqa vujudga keldi?
2.Oltin O`rda boshqaruv tizimi haqida gapirib bering.
3.Oltin O`rda xonligida qanday soliq va majburyatlar joriy qilingan?
4.Oltin O`rda yuritgan tashqi siyosat haqida gapirib bering.
5.Amir Temur va Oltin O`rda haqida gapirib bering.
III.Yangi mavzu bayoni: Sun sulolasihukrtidorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to`rtta davlatga bo`linib ketgan. Buning ustiga ko`chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo`ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo`g`ullar istilosini muqarrar qilib qo`ygan.1211- yilda mo`g`ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215yilda Pekin shahri egallangan. Mo`g`ullar Xitoyni to`la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to`la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay (Tuluning o`g`li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo`g`ullar sulolasi hukmronligi o`rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgan.Mo`g`ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o`z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar.1351- yilda Xitoyda mo`g`ullarzulmigaqarshi qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo`zg`olon tarixga ,,qizil peshanabog`liklar" nomi bilan kirgan. Qo`zg`olonga rohib Chju Yuan Chjan rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg`ol qilganlar. Qo`zg`olon natijasida mo`g`ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan Chjan imperator deb e'lon qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.Dehqonchilik va hunarmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivqjlanishiga sabab bo`lgan. Xitoyda tibbiyot ilmi ham rivojlangan. Chunonchi, Xitoy tibbiyoti kishilarni chechak kasalligiga qarshi emlashni kashf etganligi buning yorqin dalilidir. Xitoyda tarix ilmiga ham katta e'tibor berilgan. Bu xitoylarning o`z mamlakatlari tarixiga qiziqish bilan qarashlari natijasi edi. Xitoylarning bu qiziqishlari ularning: ,,O'tmish - kelajakning ustozi, shuning uchun o`tmishni unutma", - degan maqolida o`z ifodasini topgan edi. Imperatorlar tarix uchun barcha davlat hujjatlarining saqlanishiga alohida e'tibor berganlar. Xitoyda geografiya fani ham taraqqiy etgan. 62 kema va 30 ming dengiz harbiy jangchisidan iborat Xitoy harbiy dengiz floti yetti marta (1405 - 1433) harbiy dengiz ekspeditsiyasi uyushtirgan. Ularga admiral Chjan Xe qo`mondonlik qilgan edi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo dengiz sohillarining mukammal xaritalari tuzilgan.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadvalli topshiriq bajaradilar.
Sun sulolai hukmronligi davrida Xitoy
|
Yuan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy
|
Min imperyasi davrida
Xitoy
|
|
|
|
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: 37- mavzu savollariga javob yozib kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ___
Mavzu: Yaponiya.
Maqsadlar:
Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Yaponiya.tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.
II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi.
1.Sun sulolasi davrida Xitoy iqtisodiyotining rivoji quyidagicha edi-…, 2.Panno - …,
3.Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari bular-…, 4.Xubilay xonligi davri-…, 5.1279-1368-yillar-…, 6. Min imperyasi-…, 7. Chjan Xe-… .
III.Yangi mavzu bayoni: VII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in'om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo`lgan va soliqdan ozod etilgan.
XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o`rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e'lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo`lida to`plangan edi. Imperatoraing qarindosh-urug`lari davlatda eng yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalari va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning har biri tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o`rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiyfeodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192yilda o`zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samuraylari poytaxt Kioto shahrini egallagan. Vaqt o`tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo`lga kiritilgan o`lja va syogun to`laydigan maosh hisobiga yashaganlar.Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta'sir ko`rsatgan. VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy aloqalari rivqjida alohida davr hisoblanadi.VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo`ldi.IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng tarqala boshladi. Alifbe va yozuvning paydo bo`lishida monaxlar muhim rol o`ynashgan. Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesining asoschilari hisoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi ,,Qadimgi ishlar yilnomasi" deb ataladi.
Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlang`ich, o`rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko`rsata boshlagan.X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklopediya nashr etilgan. Uning muallifi saroy dorishunosi Fukae Sukexito bo`lgan.Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo`lgan ehtiyojni oshirgan. Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan. Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi xaritasini yaratgan. XII - XIII asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo`lishiga xizmat qilgan.XIV asrda yozilgan ,,Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi" asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o`z ifodasini topgan.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar atamalar izohlaydilar.
Syoenlar, xanke, samuraylar, ryokalar, mikado , syogun , Minamoto
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga javob yozib kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____
Mavzu: O‘rta asrlarda Koreya .
Maqsadlar:
Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarga Koreya tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.
II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi Syoenlar -…, xanke-…, ryokalar-…, samuraylar-…, mikado-…, syogun-…,
III.Yangi mavzu bayoni: «Tonggi tarovat» mamlakati. Choson (koreyscha, «Tonggi tarovat») ilk koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi. Tang un Pxenyanda Choson qirolligiga asos solgan. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.O‘zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar mil. avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka – Pek che, Silla va Koguryoga bo‘linib ketishiga olib keldi. Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV–V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qis mi, qo‘shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan.O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va mad aniy hayoti asoslari shakllan ishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga us-tozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hok imiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shaklla-nishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi.VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligin ing oltin davri boshlandi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudr atining cho‘qqisiga erishadi.Koryo qirolligi. Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo sulolasi (918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlat poytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasi ni qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.
Koreyadagi qirolliklar hukmronligi davriga baho bering.
Choson qirolligi davri
|
Parxe qirolligi davri
|
Silla qirolligi davri
|
Koryo qirolligi davri
|
|
|
|
|
Mustaqil jadval to`ldirgan o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga javob yozib kelish.
Bugungi Koreya haqida va Koreya - O`zbekiston munosabatlari haqida ma`lumot to`plab kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ __________
Sana: ______________Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____
46- dars. Mavzu: Hindiston
Maqsadlar:
Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Dehli sultonligining tashkil topishi, uning hukmdorlari haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.
II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,O`quvchilarKoreyadahukmronlikqilgansulolalarnominivashusuloladabo`lgano`zgarishlarnidaftargayozibko`rsatadilar.
Namuna: Tangun davri – koreys xalqining tashkil topishi davri bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |