Tashqi siyosatda. Buyuk Britaniya AQSHga tayandi, o‘zining NATOdagi ishtirokini faollashtirdi, AQSHning Hindixitoydagi tajovuzkor siyosatini, Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini qo‘llab-quvvatladi. 1969-yili Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskin- lashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi. Britaniya imperiya- sining qoldiqlarini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend orollariuchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda «imperiyachilik tafakkur»ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‘alaba qozondi. Fransiya. Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. 1945-yili sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajasining yarmiga ham yetmadi. Moliya tizimi izdan chiqqan edi. Aholi asosiy qismining moddiy ahvoli keskin yomonlashdi.Boshqa G‘arb davlatlari singari Fransiya ham «Marshall rejasi»ga qo‘shildi. Xo‘jalik katta tezlik bilan tiklandi. 1950-yillari iqtisodiy o‘sish boshlandi. To‘rtinchi respublika yillarida sanoatning zamonaviy sohalari paydo bo‘ldi. Ammo ichki siyosiy va iqtisodiy rivojla- nishning murakkabligi siyosiy va ijtimoiy holatning keskinlashuviga olib keldi. 1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi. Hokimiyatga kelgan Sharl de Goll Milliy majlisni tarqatib yubordi. To‘rtinchi respublika barham topdi. Beshinchi respublika. 1958-yil sentabrda refe- rendum o‘tkazilib, unda fransuzlar Sh. de Goll bosh- chiligida ishlab chiqilgan konstitutsiyani ma’qul- ladilar. 1958-yil 21-dekabrda Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylandi. Fransiyaning buyukligini tiklashga intilgan Sh. de Goll kuchli iqtisod va mustaqil tashqi siyo- satga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi. Mustamlakachilik endi o‘tmish ekanligini tushungan prezident 1960-yili Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustamlakalariga mustaqillik berdi. 1960-yillar oxirida Fransiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish davom etdi. Fransiya sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisiga aylandi. Fransuz mehnatkashlarining mod- diy farovonligi ham ancha yaxshilandi. Ammo 1960-yillar oxirida Beshinchi respublikada inqiroz bosh- landi. Davlatning qat'iy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining ko‘plab qatlamlarini norozi qildi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan referen- dumda saylovchilarning ko‘pchiligi prezidentni qo‘llamadi. Sh. de Goll iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi.