Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Xaritadan foydanalib Germaniya Federativ Respub- likasi va Germaniya Demokratik Respublikasi hududiga kiruvchi yerlarni daftaringizga yozing.
O`q1uvchilar fikri tinglanadi va baholanadi.Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi. Urushda 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustam- lakalaridan ayrildi. Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib, hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okku- patsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. 1952-yilgacha Yaponiya hukumati shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shu shtabga tegishli edi. Amerikalik- lar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirib bordi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qi- lindi. Yapon mahsulotlarining sifatini oshirishga katta e’tibor qara- tildi. Edvards Deming va boshqa amerikalik mashhur iqtisodchilar ma’ruzalar bilan chiqdi. Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratildi. Bu tadbirlar 1950 — 1960-yillarda Yaponiyaning to‘liq iqti- sodiy tiklanishiga olib keldi.
Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi. Ayni paytda demokratik islohotlar ham olib borildi. Siyosiy va diniy erkinliklar to‘g‘risida direktiva qabul qilindi. Matbuotda senzura bekor qilindi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etildi, ilgarigi militaristik jamoat tash- kilotlari tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga o‘rgatdi.
Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning nihoyatda jadal —yiliga 11%dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 — 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Unda ayniqsa, sanoatning o‘sish sur’atlari juda yuqori bo‘lib, bu, asosan, og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish hisobiga yuz berdi. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulot- ning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya o‘z yutuqlarini Tokioda bo‘lib o‘tgan «EKSPO—70» ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli namoyish qildi.
Postindustrial modelning shakllanishi. Yapon «iqtisodiy mo‘ji- zasi» arzon neftga asoslangan bo‘lib, 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoatda ilmtalab ishlab chiqarish sohalariga asosiy e’tibor qaratildi. Mahsulot qiymatining asosiy qismini ilmiy yangiliklar, xodimlar ning texnik malakasi, dizayn, nou-xau va shu kabilar tashkil qildi. 1980-yillardan Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi. Shu yillari Yaponiya jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlar — mikro- protsessorlar, personal kompyuterlar, sanoat robotlari va tez o‘zgaruv- chan ishlab chiqarish tizimlari bilan chiqdi. Mamlakatda postindus- trial iqtisodiy model shakllandi va u postindustrial sivilizatsiyaga asos bo‘ldi.
Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atay boshladilar.
X
Do'stlaringiz bilan baham: |