Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish. II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Rasmdagi shaxslar haqida ma`lumot bering.
O`q1uvchilar fikri tinglanadi.Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Germaniya Federativ Respublikasi. Ikkinchi jahon urushi nemis xalqiga juda katta musibat keltirdi. Germaniya mustaqil davlat sifa- tida mavjud bo‘lmay qoldi.
Germaniya urushdan oldingi hududining okkupatsiya zonalariga bo‘lib tashlandi. 1949-yil mayda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya zonalarida Ger- maniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. U G‘arbiy Germaniyani demokra- tik, federativ davlat deb e’lon qildi. Ger- maniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi Konrad Adenauer kansler qilib saylandi. U Germaniya Federativ Respublikasi tuzilgan- ligini e’lon qildi. GFRda 1950 — 1960-yillari iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Harbiy xarajatlarning kamligi, «Marshall rejasi» bo‘yicha Amerikaning mo‘l-ko‘l yordami, arzon chet el ishchi kuchidan unumli foydalanish, yangi uskunalarning keltirilishi mamlakat xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan tiklanishini ta’minladi. GFR barcha qarzlaridan qutulib, ancha katta oltin-valuta zaxirasini ham yaratdi. G
1949-yil mayda ...
GFRda 1950- 1960-yillari ...
1949-yil 7-oktabrda ... 1955-yili ...
FR siyosiy raqiblarining qarama-qarshiliklarini yengib, 1955-yili NATOga a’zo bo‘ldi, Parij ahdlashuvining kuchga kirishi tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi. Sharqdan ko‘chib kelayotganlar oqimi va kansler K. Adenauer- ning qulay iqtisodiy siyosati GFR «Marshall rejasi» doirasida olgan salmoqli moliyaviy «darmon» bilan qo‘shilib shunga olib keldiki, 1955-yildayoq misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishildi. Germaniya eng qisqa tarixiy muddatda urush qoldirgan yaralarni tuzata oldi. Butun 1960 — 1970-yillar iqtisodning jadal o‘sish davri bo‘lib, «nemis iqti- sodiy mo‘jizasi» nomini oldi.
yillar boshida siyosiy kuchlarda o‘zgarish yuz berdi. 1982-yili xristian-demokrat Gelmut Kol GFR kansleri qilib saylandi. Uning davrida soliqlar qisqartirildi va davlat xarajatlari tartibga solindi, davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish, raqobatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi.
1989-yili GDRda inqilob boshlanib ketdi, ikki davlatni ajratib tur- gan, «sovuq urush» ramzi bo‘lgan Berlin devori buzib tashlandi. Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaf- faqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya dav- lati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana G. Kol boshchiligidagi koalitsiya g‘alaba qozondi.
Italiya Respublikasi. Fashistik rejim va Ikkinchi jahon urushi italyan xalqiga juda katta musibatlar keltirdi. Yuz minglab kishilar halok bo‘ldi, millionlab odamlar boshpanasiz qoldi. 1948-yil 1-yanvardan Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kir- di. Hukumat G‘arbning yetakchi davlatlari bilan ittifoqchi bo‘lishga intildi. Italiya «Marshall rejasi»ga qo‘shildi, NATOga a’zo bo‘ldi, uning hududida AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi. Urushdan keyingi o‘n yillikda Italiya G‘arbning boshqa davlatlari singari jadal iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirdi. Ammo bu jarayon uzoq davom etmadi.
1950 — 1960-yillardagi jadal rivojlanishga qaramasdan, ishchilar hara- kati avvalgi darajasida qoldi, ba’zan hatto faollashdi ham. Ish tash- lash harakati bo‘yicha Italiya boshqa mamlakatlardan ancha oldinlab ketdi.
1
1948-yil 1-yanvar ... 1950- 1960-yillarda ...
1957-yilda ... 1974-yilda ...
974-yili Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. Ishlab chiqa- rishning o‘sishi deyarli to‘liq to‘xtadi, ishsizlar soni ko‘paydi, tashqi savdoda defitsit oshib ketdi. Narx-navo ko‘tirilib bordi. Bularning barchasi, ayniqsa, aholining kam daromadli qismi uchun juda og‘ir bo‘ldi.
1980-yillarga kelib koalitsion hukumat shakllandi. Biroq u barqa- ror emasdi va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylanib qoldi. Italiyada davlat institutlarining chuqur inqi- rozi, shuningdek, mafiya tizimlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Davlat tizimidagi korrupsiyalashgan unsurlar bilan qo‘shilib ketgan mafiya Italiyada katta kuchga aylandi. Mafiya aholiga dahshat soladi, uni qo‘rqitadi, talonchilik va qotillik qiladi, pul undiradi, doimiy pul to‘lab turgan boylarning daxlsizligini ta’minlaydi. Kim mafiya bilan kelishmasa uni doimiy ta’qib qiladi, o‘ldiradi. 1980 — 1990-yillar boshlari Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |