Oilada tajamkorlikning
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
|
|
Xulosa:
|
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (O`qituvchi Avloniyning fikrlariga bugungi kundagi oilaga tajamkorlikda nimalarga e’tibor berish kerakligini bog`lab ketadi)
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
2-mavzu: Tejamkorlik yaxshi fazilat (Iqtisod fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Iqtisodiy tarbiyada ma’naviy qadriyatlar”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tejamkorlikka o`rgatish, iqtisodiy tarbiya nima ekanligini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mol-milkni behuda isrof qilish –aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”
Hikmat
O`qituvchi:
Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan.
Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob – Qur’oni karimda va muqaddas kitob Hadisi sharif hamda “Avesto” bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharqa mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo`yicha alohida xodim faoliyat ko`rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb qilingan. Bu borada Forobiyning “Inson o`z mablag`ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg`anchilik qilish xasislikka olib keladi”. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”, degan fikri o`rinlidir.
“Tejamkor odam yaxshi yeydi, yaxshi ichadi, pokiza kiyinadi, xushhavo uylarda yashaydi, keraksiz narsalarni sotib olavermaydi, haqiqiy zarur narsalarnigina xarid qiladi. Birovlarga qo`lidan kelgancha yordam qiladi.Yaxshilik yo`lidagi ishlarga pulini ayamaydi, saxovatli bo`ladi. Vatani va xalqi uchun molini ham, pulini ham ayamaydi”.
Xayoliddin al-Hasaniy.
Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo’ydik.
Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko’rish, kuzatish qiyin emas.
Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o’zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og’ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo’lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti hamma narsani joyiga qo’yadi, degan yengil-yelpi qarashga itoat qilib, faqat moddiy boy-lik ortidan quvish — xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo’g’rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to’g’ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani o’zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda keng islohotlar amalga oshirilmoqda, bunda ham biz davlat mulkidan tejamkorlik bilan foydalanishimiz lozimligini vijdonan his etishimiz shart.
Topshiriq: “Davra suhbati”. Tejamkorlik deganda yana nimalarni tushunamiz va haddan tashqari tejamkorlik shartmi?
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |