O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga biologiya fanining bo`limi botanikani o`rgatish ob`ekti, metodlari, o`simliklarning xilma-xilligi, ularning ahamiyati haqida bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni tabiat va o`simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatda bo`lishga undash, ekologik,iqtisodiy va huquqiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi va ahamiyati haqida bilim, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi materialni o`rganuvchi dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |