SANA:
4-Mavzu: Gapda so’zlarning bog’lanishi.
27-28-mashqlar,30-31-mashqlar.
Mashg’ulotning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarning gap bo’laklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Ikkinchi darajali bo’laklarni so’roq yordamida aniqlashni o’rgatish. O’quvchilarning gapda so’zlarni bog’lovchi vositalar haqidagi bilimlarini aniqlash. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar bajaradigan vazifani misollar yordamida tushuntirish. Darslikdagi mashq matnlari orqali ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Lug’at diktant yordamida savodxonligini oshirish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga o’z VataniO’zbekiston tabiatining o’ziga xos tomonlari, ulardan zavq olish uchun asrab-avaylash lozimligi uqtiriladi.
TK2: Axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug’at) manbalardan malumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
TK3: Mustaqil o’qib-o’rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
FK1: O’qilgan matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og’zaki nutqda so’z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko’ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko’ra tinish belgilarini (nuqta, so’roq, undov belgilari) ishlata olish;
Darsning turi : Yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: Analitik-sintetik tovush metodi.
Darsning jihozi: Ferma tasvirlangan rasm, jadvali.
Darsning borishi:
1. O‘quvchilarning darsga tayyorlanishini nazorat qilish.
2. Uyga berilgan 26- mashq qanday bajarilganini aniqlash.
Oltin kuz o’z sepini yoydi.
Maysalarning bargiga shudring tushdi.
Na’matakning mevasi qizardi.
O’quvchilar yozgan gaplarining ichida ma’nosini tushunmagan, yozishda qiynalgan so’zlar aniqlanadi va o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
3. Lug’at diktant.
Konstitutsiya, nihol, daraxt, shudring, na ‘matak, rostgo’y, noma ‘qul .
Diktantdagi bir so’z ishtirokida gap tuzing. Tuzgan gapingizdagi bosh bo’laklarni aniqlang.
4. Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘z gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu gapning asosi bo‘ladi.
Gapning asosini belgilash uchun ushbu gapni o‘qiymiz.
O‘quvchi mehnatni sevadi.
Avval so‘roq berib, gap kim (yoki nima) haqida aytilganini bildirgan so‘zni topamiz: (kim?) o‘quvchi; uning tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz.
Keyin so‘roq berib u (o‘quvchi) haqida nima deyilganini bildirgan so‘zni topamiz: (nima qiladi?) sevadi va uning tagiga ikkita chiziq chizib belgilaymiz.
(Kim?) O‘quvchi mehnatni (nima qiladi?) sevadi.
(Nima?) Mehnat kishini (nima qiladi?) ulug‘laydi.
Gapda so‘zlar mazmunan o‘zaro bog‘lanadi. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi so‘roqlar yordamida aniqlanadi.
27- mashq Matnni o‘qing. Mashq qanday gaplardan tuzilgan? Gaplar nimalardan tuzilgan?
Tog‘lar yozda garmselning yo‘lini to‘sadi. Ular sovuq shamolni o‘tkazmaydi. Bunday joylarda o‘simliklar yaxshi o‘sadi.
So‘roqlar yordamida ajratilgan so‘zlarning qaysi gap bo‘lagi ekanini ayting. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring. So‘zlar o‘zaro nimalar vositasida bog‘lanadi?
Garmsel o‘simliklar uchun zararli, issiq shamol.
Gapda so‘zlar o‘zaro so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar va ohang yordamida bog‘lanadi.
28- mashq. Chizmani kuzating. Gapda ikkinchi darajali bo‘laklar qaysi bo‘laklarga bog‘langan?
O‘qing. So‘roqlar yordamida gapdagi so‘zlarning bog‘lanishini aniqlang va chizmada tasvirlang.
Ra‘no kichkinagina niholning unganini ko‘ribdi.
Chizmani kuzating. So‘roqlarga mos so‘z topib, gap tuzing.
Gapda so‘zlar o‘zaro bog‘lanadi. . Kesim egaga bog‘lanadi. . Ikkinchi darajali bo‘laklar egaga yoki kesimga bog‘lanadi.
V.Uyga vazifa:
29- mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida gap bo‘laklarini aniqlang. Ularning bog‘lanishini chizmada tasvirlang.
Men elimning yuragida yashayman.
Hamid Olimjon
Biz qovunlarni, tarvuzlarni mashinalarga ortdik.
Shukur Sadulla
Har bir so‘zning qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelganini ayting.
Darsni yakunlash, xulosalash. O‘quvchilarni reyting tizimi bo‘yicha baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |