Sana: 4-mart



Download 30,5 Kb.
Sana31.08.2021
Hajmi30,5 Kb.
#161522
Bog'liq
Sana4-mart


Sana:4-mart

Mavzu:Salom, bahor!

Darsning maqsadi:


  1. ta’limiy maqsad-bahorgi tabiat manzarasi ,uning o’ziga xos xususiyatlari ,bahor darakchilari ,tabiatning uyg’onishi haqida ma’lumot berish.

b) tarbiyaviy maqsad-o’simliklarga zarar yetkazmaslik va odamlarning mehnatini qadrlashni o’rgatish

d) rivojlantiruvchi maqsad-o’quvchilarning bahor fasli haqidagi bilimlarini rivojlantirish

TK1:mavzuga oid ko’rsatilgan multimediya ilovalariga munosabat bildira oladi

TK3: orasta kiyinish

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsda foydalaniladigan metodlar:suhbat,savol-javob, aqliy hujum ,tushuntirish

Darsda foydalaniladigan jihozlar:mavzuga oid rasmlar,darslik,elektron jihozlar,multimediya ilovalari

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

2.Davomatni aniqlash

3.Darsga hozirlik ko’rish

2.O’tilgan mavzuni takrorlash,uy vazifasini tekshirish:

O’tgan dars mavzusida o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash.
“Suv” mavzusida rasmlar asosida savol-javob o’tkaziladi.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.Ular nomlanadi

3.Yangi mavzining bayoni:

Yangi mavzuni yoritishdan oldin o’quvchilarga ertak aytib beriladi.

Bir bor ekan ,bir yo’q ekan .Qadim zamonda qalin o’rmon tomonda yilbobo yashar ekan .

Yilbobo hech ham tinim bilmas ekan .U yer yuzini aylanib charchamas ekan.Yilbobo yer yuzini aylanib chiqish chog’ida hassalarini yerga bir urgan chog’larida yenglaridn 3 ta qush uchib chiqar ekan.Bu qushlar oddiy qushlar emas sehrli qushlar edi.Bu qushlarning sehri uning nomida edi.Bular:dekabr,yanvar,fevral qushlar ekan.Bu qushlar butun yer yuziga tarqalib

o’z hukmronligini o’tkazar ekan.Yil bobo esa dunyo kezishida davom etar ekan. Ular hasallarini yerga yana bir bor ursalar yengidan yana 3 ta qush uchib chiqar ekan.Bu qushlar oddiy qushlar emas ekan,ular qanday qushlar ekan?
-Sexrli.

-Bu qushlarning ham o’z nomlari bor ekan, mart, aprel,may nomlariga ega ekan. Ular o’zlariga yarasha tarovatlarini ko’rsatib ,hukmronligini ko’rsatar ekan.

Yilbobo yana hassalarini yerga urgan ekanlar ularning yenglaridan yana 3ta qush uchib chiqibdi.Bu qushlarning soni nechta ekan?

-3ta


Bu qushlarning ham sehrli nomlari bor ekan: iyun,iyul,avgust.Bu qushlar ham butun yer yuzida aylanib o’zlarining hukmronligini o’tkazar ekan.

Yilbobo hassalarini yerga to’rtinchi bor urganlarida ularning yenglaridan yana 3 ta qush uchib chiqdi.Ularning nomlari sentabr,oktabr,noyabr oylari ekan.

Mana shunday qilib yilbobo yer yuzini aylanib yurib insonlarga borliqni ,hayotni baxsh etar ekan.Bolajonlar ertagim sizga yoqdimi?

Endi aziz bolajonlar ertakni qay darajada tushunganingizni savol-javob orqali bilib olamiz.

Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Ekranda videolavha namoyish etiladi.

-Videolavhada qaysi fasl tasvirlangan?

-Bahor fasli

Bahor faslining darakchilarini ayting

-qaldirg’och,binafsha,chuchmomo, lola

Bahor fasli haqida suhbat o’tkaziladi.


Gulbahor,bu –gulbahor,

Kular bosgan izgacha,

Yashnar dala –kuzgacha,

Gulbahor,bu-gulbahor.


Bahor fasli haqida videolavha namoyish etiladi.

4.Mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

Darslikda berilgan matn o’qib ,tushuntiriladi.

Rasm asosida suhbat o’tkaziladi.

Guruhlar bilan ishlash.

Guruhlarga rasm tarqatiladi

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

Animatsiya namoyish etiladi.

-Qishdan so’ng bog’ va ko’chalarni qanday tartibga keltiradilar?

-Gullar qanday parvarishlaydilar?

-Qanday gjullar ekadilar?

-Daraxtlarni qanday parvarishlaydi?

-Dalalarda qilinadigan ishlar haqida so’zlang.

-Bahor qaysi oylarni o’z ichiga oladi ?

-Bahor gullarni aytinng .Sizga bahor yoqadimi ? Nima uchun?

Qish oylarida dam olgan dehqonlarning ishlari bahorga kelib ko’payib ketadi.

-Qani,kim aytadi , ular qanday ishlar bilan shug’ullanadilar?


Avvalo ,traktorlar yordamida yerlar haydaladi,don,bug’doy,paxta yetishtirish maqsadida haydalgan yerlarga urug’ qadaladi. Kuz oxirida yerlarga ko’mib qo’yilgan toklar ochilib ,so’rilarga bog’lanadi,daraxt tanalari ohaklanadi,gul va daraxt ko’chatlari ekiladi
Interfaol o’yin .”Ha”,”Yoq” mashqi

Pirls test topshiriqlari ekranda namoyish etiladi.

O’quvchilarga test tarqatiladi.

O’quvchilar bilimlari umumlashtiriladi ,dars hulosalanadi.

5.Darsni yakunlash:

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.



6.Uyga vazifa berish:

O’quvchilarga darslikda berilgan uy vazifasi tushuntiriladi.
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish