2S = a • h.
Bundan S = .
Teorema isbot qilindi.
I z o h. Bu holda biz, AD balandlik asosi D nuqtani CB kesmaning ichki nuqtasi deb qaradik. Agar D nuqta CB kesma uchida, yoki CB ning davomi, ya'ni tashqarisida bo'lsa ham, teorema shu kabi isbot qilinadi. Buni o'zingiz tekshiring.
Uchburchakning yuzini hisoblash formulasini boshqacha ham o'qish mumkin: uchburchakning yuzi uning o'rta chizig'i bilan balandligining ko'paytmasiga teng:
S = h.
1-natija. To'g'ri burchakli uchburchakning yuzi katetlari ko'payt-masining yarmiga teng.
2-natija. Ikkita uchburchak yuzlarining o'zaro nisbati ularning asoslari bilan balandliklarining nisbati kabidir.
211. 1) Uchburchakning yuzi nimaga teng?
2) To'g'ri burchakli uchburchakning yuzi qanday hisoblanadi? 3) To'g'ri burchakli uchburchakning yuzini uchburchakning yuzi formulasi bilan hisoblash mumkinmi? Javobingizni asoslang.
To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari: 1) 5 sm va 6 sm; 2) 2,4 dm va 45 sm. To'g'ri burchakli uchburchakning yuzini toping.
Bir uchburchakning asosi 20 sm, balandligi 8 sm. Ikkinchi uchburchakning asosi 40 sm. Uchburchaklar tengdosh bo'lishi uchun ikkinchi uchburchakning balandligi qanday bo'lishi kerak?
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |