6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: UCHBURCHAK YUZI
Darsning maqsadi: Uchburchak yuzi haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning borishi:
Uchburchak yuzi
Uchburchak yuzini hisoblash formulasini topish uchun to'g'ri to'rtburchak shakliga keltirish usulidan foydalanamiz.
Uchburchakning yuzi uning asosi bilan balandligi ko'paytmasining yarmiga teng:
S = a · h.
Isbot. Bizga asosi BC = a va shu tomonga tushirilgan balandligi AD=h bo'lgan uchburchak berilgan bo'lsin (97- rasm).
Teoremani isbot qilish uchun A nuq-tadan BC tomonga parallel l to'g'ri chiziq o'tkazamiz. So'ngra l ga CP va BN perpendikularlarni tushiramiz. Bun-da CBNP to'g'ri to'rtburchak hosil bo'ladi. Ma'lumki, bu to'g'ri to'rtburchakning yuzi ah ga teng.
Ammo hosil bo'lgan shaklda ΔADC=ΔCPA va ΔBDA = ΔANB, chunki ular jufti-jufti bilan to'g'ri to'rtburchaklarning diagonallari kesi-shishidan hosil bo'lgan uchburchaklar. Bundan CBNP to'g'ri to'rtburchakning yuzi berilgan uchburchak yuzidan ikki barobar katta ekanini hosil qilamiz, ya'ni
Do'stlaringiz bilan baham: |