Konstitutsiyamizning umumiy qoidalari o‗zida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, burchlari sohasidagi bosh qoidalarni ifodalar ekan, hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalarga rioya yashagan shaxs erkindir. “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha‟ni va qadr – qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”. ( O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda) Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi — davlatimizning huquqiy hujjatlaridan biri hisoblanib, u
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgust 466-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan.2010-yil 12-noyabrdagi
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisida davlatimiz rahbarining
"Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" nomli
maruzasida jamiyatning demokratiya yo‗lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning
muvoffaqiyati kop jihatdan odamlarning huquqiy madaniyat darajasiga bog‗liq ekanligini ta'kidalb bu sohada yangi dastur
qabul qilinishi lozimligi haqida fikr bildirildi.Milliy dastur — yuksak huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlikka erishish,
huquqiy bilim va tarbiyani har tomonlama oshirish yo‗llarini belgilash maqsadida qabul qilingan.
―O‗z haq-huquqini taniydigan, o‗z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‗layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‗un holda ko‗radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi‖. ISLOM KARIMOV (“Yuksak ma‟naviyat - yengilmas kuch” kitobidan) Milliy dasturning maqsadi mamlakat aholisining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka, huquqiy madaniyatga va
huquqiy bilimga ega bo‗lishini ta‘minlovchi tizimni yaratishdir.Buning uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:huquqiy
ta‘lim va tarbiya tizimini takomillashtirish; hammaning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‗lishiga
erishish; aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquqiy faolligini kuchaytirish. Milliy dasturda huquqiy
madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishga oid davlat siyosati quyidagicha belgilangan:
1.
Inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi.
2.
Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi.
3.
Demokratik asoslanganlik.
4.
Ijtimoiy adolat.
5.
Ilmiylik.
6.
Uzluksizlik.
7.
Huquqiy tarbiyadagi vorislik va umumiylik.
8.
Huquqiy axborotlarning hamma uchun ochiqligi.
9.
Huquqiy tarbiya va huquqiy ta‘limning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.