Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari va ularning xodimlari hisoblangan prokurorlaming vazifalari quyidagilardan iborat:barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunlarga itoat qilishlar ustidan nazorat qilish; davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; noqonuniy harakatlarning oldini olish, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa tezda bunga barham berish; fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish. “Prokuror” fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’noni anglatadi. Lekin lotinchada bu so‘z “g‘amxo‘rlik qilish” ma’nosini anglatadi.Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi.