Sharhlang!
“O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 21- modda.
IV darsni mustahkamlash
Ijodiy faoliyat
Siz o‘zingiz tuzgan shartli davlatning boshqa davlatga tobe bo‘lgan holatini tasavvur qiling. Bunda davlatingiz fuqarolari huquq va erkinliklari qay ahvolda bo‘lishi mumkinligini tasvirlashga harakat qiling.
Davlatingizni mustaqillikka erishtirish uchun siz qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
Bunda siz qanday huquqiy hujjatlardan foydalangan bo‘lar edingiz?
V. Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |