Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Tarix darslaridan sho'ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag'ohlar to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ldingiz?
Sobiq sho'rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma'naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo'yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?
O'tganlarni xotirlash - ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chegaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, deb o'ylaysiz?
Mahallangizda, qishlog'ingizda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qariyalar bormi? Ulardan qanday hikoyalar eshitgansiz?
III. Yangi mavzuning bayoni.
YAKUNIY VA UMUMLASHTIRUVCHI DARS
Aziz o'quvchilar! Mana, bu o'quv yili davomida «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani bo'yicha olib borgan mashg'ulotlarimiz ham o'z nihoyasiga yetmoqda. Shu davr mobaynida
sizning yoshingizga yosh, bilimingizga yangi bilimlar qo'shildi, tasawurlaringiz kengaydi. Jumladan, mamlakatimiz va xalqimizni istiqlolga olib chiqqan, yurtimizni ozod va obod o'lkaga aylantirishda, erkin va farovon hayot barpo etishda muhim omil bo'lgan milliy g'oyamizning mazmun-mohiyatiga chuqurroq kirib bordingiz.
Milliy g'oya va ma'naviyatning
qadimiy ildizlarga ega ekani, bu tushunchalar shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning oliyjanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini o'zida mujassam etganini yaqindan his qildingiz.
Milliy g'oyaning negizini tashkil qiladigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalqfarovonligi,
komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag'rikenglik, milliy o'zlikni, insonni anglash singari tushunchalar mamlakatimizda tinchlik va xotirjamlikni saqlash, o'zaro
hamjihatlikni mustahkamlash, respublikamizni iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy jihatdan yuksaltirishda g'oyat muhim ahamiyat kasb etishini tushunib-anglab bormoqdasiz.
Darslar davomida yuksak ma'naviyat jamiyat va millat ravnaqining mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilishiga doir bilimlaringiz, tajribalaringiz ham birmuncha boyidi. Jumladan,
qonunga itoat qilish, inson huquq va erkinliklariga hurmat ko'rsatish biz barpo etayotgan erkin demokratik jamiyatning ajralmas xususiyati ekaniga iqror bo'ldingiz.
Inson ma'naviyatining muhim belgisi hisoblangan Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqat, do'stlik, vafodorlik tushunchalari,
ona tabiatni asrash madaniyati, vaqtning qadriga yetish singari ma'naviy omillar hayotimizni to'g'ri tashkil etish va mazmunli o'tkazishda qanchalar muhim ahamiyat kasb etishini chuqur angladingiz.
Guvohi bo'lganingizdek, Yurtboshimiz tashabbusi, qat'iy irodasi bilan xalqimizning sho'ro davrida poymol etilgan tarixiy xotirasini tiklash, unutilayozgan noyob qadriyatlarini hayotga qaytarish, milliy va diniy bayramlarimizni emin-erkin nishonlashga doir chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi.
Bularga qo'shimcha, Prezidentimiz o'zining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida quyidagi muhim masalaga ham siz-u bizning e'tiborimizni jalb qiladi:
«Ma'naviy yuksalishga erishish - bu bir yillik yoki besh-o'n yillik ish emas. Xalq, millat o'z milliy ma'naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma'naviyat qotib qolgan aqidalar yig'indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo'lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma'naviy hayot oldiga qo'yiladigan talablar ham muttasil paydo boiaveradi».
Shunday ekan, aziz o'quvchi, siz bilan biz milliy g'oya to'g'risidagi tushunchalarimizni shu tezkor zamonga mos tarzda boyitib, kengaytirib bormog'imiz, ma'naviy
olamimizni esa obod etish, uni turli tahdidlardan mustahkam himoya qilish yo'lida muntazam izlanmog'imiz talab etiladi. Bu ezgu niyatlar yo'lida sizga kuch-quwat, ilhom va ijod doimo hamroh bo'lsin!
IV darsni mustahkamlash.
Milliy g'oyaning negizini nimalat tashkil qiladi?
Ma'naviy yuksalishga erishish uchun qancha vaqt kerek?
Milliy istiqlol g'oyasi va Ma`naviyat asoslari fanini urganishdan maqsad nima?
V. Baholash
VI. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.