IV darsni mustahkamlash Savol va topshiriqlar:
Ona Vatanimiz – O‘zbekiston qanday davlat?
«Bu aziz Vatan – barchamizniki» g‘oyasining ma’nosini tushuntirib bera olasizmi?
Millatlararo hamjihatlik va totuvlik g‘oyasi nima uchun umumbashariy qadriyat hisoblanadi?
Nima uchun har bir millatni Yaratganning buyuk mo‘jizasi deymiz?
Dunyodagi barcha odamlar umumiy ildizga ega, deganda nimani tushunasiz?
Xalqimizga xos do‘stlik, birodarlik fazilatlari haqida tarixiy misollar asosida gapirib bering.
Dunyoda millatlararo hamjihatlikka raxna soluvchi qanday illatlar mavjudligi to‘g‘risida so‘zlang.
Rasmlarda aks ettirilgan holatlarning millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qanday xizmat qilishi haqida gapirib bering.
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8 ABV __
Mavzu: DINLARARO BAG‘RIKENGLIK
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Dinlar qadim-qadimdan qanday g‘oyalarni amalga oshirishga xizmat qilib kelganligi,Prezidentimizning din haqida aytgan fikrlari zamirida qanday ma’nolar mujassam ekanligi,Bugungi kunda dinlararo bag‘rikenglikka erishish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqdaligi,Qanday xavf-xatarlar dinlarni ezgulik yo‘lida birlashishga undamoqda ekanligi,Mamlakatimiz hududida qadimdan hamkorlikda yashab kelayotgan qanday dinlarni bilishi,Diniy faoliyat erkinligini kafolatlaydigan huquqiy asoslar davlatimizning qaysi hujjatlarida aks etgani to‘g‘risida fikrini tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |