O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Sotsialistik tuzum ning parchalanishi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi turlicha ko‘rinishda amalga oshirildi. Qayta qurish davrida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy plyuralizmni o‘rnata olgan va rahbarlari o‘zgarishlarning muqarrarligini his qilgan mamlakatlarda sotsializmning qulashi ancha silliq kechdi.
Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islohotlarni, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi.
1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar hukmron Polsha birlashgan ishchi partiyasining (PBIP) obro‘yi tushib ketganligi, ayni paytda, muxolifatdagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining ommalashib borayotganini ko‘rsatdi. Yangi tarkibdagi parlament konstitutsiyaga o‘zgarish kiritib, Polshani demokratik huquqiy davlat deb e’lon qildi. PBIP o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex Valensa g‘alaba qozondi.
Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Bir nccha ming kishilik olomon tank qismlari yordamida Davlat kengashini qamal qildi. Qo‘zg‘olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tashlash jarayoni bilan tugadi. Qo‘zg‘olonda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat qo‘zg‘olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng muhim voqealardan biri Germaniyaning birlashishi bo‘ldi. 1980-yillar oxirida Germaniya Demokratik Respublikasida ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib,1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin devorining qulashiga olib keldi. Bu amalda ikki Germaniya o‘rtasidagi chegaraning ochilishi edi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis davlatini bitta Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari X X asr oxiri — X X I asr boshlarida. Asosan tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan demokratik inqiloblar natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo"nalishi qilib Yevropa Ittifoqini tanladi. Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari NATOga a’zo bo‘ldi.
Bozor iqtisodiga jadal o‘tish bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Inflatsiya darajasi va ishsizlikning oshishi, turmush darajasining pasayishi, jamiyatning boylar va ko‘p sonli o‘ta kambag‘allarga ajralishi kuzatildi. Natijada, islohotlar uchun javobgar bo‘lgan hukumatlarni aholi qoilamay qo‘ydi. Polshada ijtimoiy muhitning o‘zgarishi natijasida 1990-yillarning eng mashhur siyosatehilaridan biri Lex Valensa prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. Kuchli mafkuraviy bosimga qaramasdan, so‘llar Litvada, keyinchalik Albaniyada hokimiyatga keldi.
O`zgarishlar boshqa Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan Yugoslaviyada biroz murakkab kechdi. Oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991 — 1992-yillari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi. Faqat Serbiya va Chernogoriya federatsiyada qoldi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda Makedoniya mustaqil davlatlarga aylandi. Biroq, mustaqil davlatlarga ajralish etnik ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: JAHON TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil JAHON TARIXI fani Sinf: 11_______
Mavzu: 3-MAVZU. SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOBIQ SOVET RESPUBLIKALARID A MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISH I
Do'stlaringiz bilan baham: |