Yangi dars bayoni:
Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, ular esa davrlarga, davrlar esa epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi arxey (arxeis) – eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) – dastlabki hayot, paleozoy (paleozoe) – qadimgi hayot, mezazoy (mezos) – o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) – yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi. Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori harorat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘lgan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning
bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar
prokariotlar ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan. Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda ha yot kechi ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezning amalga oshishi ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kavakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi. Proterazoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipdagi yirik o‘zgarishlarga ikki
tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ular tanasini oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga bo‘linishini ta’minlaydi. Oldingi qismida sezgi organlari, nerv tugunlari bo‘ladi. Hayvonlarning yelka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi,
qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta’minlaydi. Proterozoy erasining oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar – bosh skeletsizlar kenja tipi paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |