III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
1, O'qituvchining 7-sinfdagi ,, Milliy istiqlol g’oyasi “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni: Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu-umid bilan yashaydi. Lekin faqat orzuning o‘zi bilan ish bitmaydi, kishi shu orzulariga yetishish uchun tinimsiz intilishi, g‘ayrat ko‘rsatishi, boshqalardan yaxshilik ko'rishi uchun o‘zi ham yaxshilik qilishi lozim. Insonning shakllanishi, hayotda o'z o‘mini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqla- nadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oilani bekorga umumjamiyatning mo‘jaz ko‘rmishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singari unda ham o‘zining bosh- lig‘i, shuningdek, uning izmi va ko‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a’zolari bo‘ladi. Dono, tadbirkor, uzoq- ni ko‘ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini bosh- qarish talab etilsa, oila kattalari ham o‘z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas’uldirlar.
Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlami tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
Bu maktabning tamal toshi esa turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga munosib ekani bilan qo‘yiladi. Bo‘lajak ota-onaning salomatligi, nasl-nasabi, dunyoqarashi, axloqiy tushunchalari, moddiy va ma’naviy darajasining ‘zaro mosUgi, turmush qurishga har tomonlama tayyorligi oilaning mustahkamligi, yorug‘ kelajagi, farzand tarbiya - sida muhim ahamiyatga ega. Sohibqiron Amir Temur o‘g‘il uylantirishda kelin tan- lashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo‘lgan jarayenlami muhim tadbir darajasiga ko‘targanl ham bejiz errms. Chunki har qanday davlatning qudrati — sog‘lom fikrli, bilimli, millat, xalq, Vatan taqdiri uchun jonni tikishga tayyor farzandlaming ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Qolaversa, biz mansub bo‘lgan Sharq xalqlarida oila sha’ni va obro‘sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish oilaning har bir a’zosi uchun ham farz, ham qarz sanaladi. Oila — muqaddas dargoh, degani quruq gap bo‘lmay, balki uning zaminida mana shu muqaddaslikni ta’minlash, unga gard yuqtirmaslik har bir kishidan jiddiy mas’uliyatni talab qilishidek ma’no yotadi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1, Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2, Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:
O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |