FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR: MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETIDA HOZIRDA 2 TA KAFEDRA MAVJUD.
Samarqand davlat unversitetining O`zbekiston-Finlandiya pedagogika nstituti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedra KAFEDRA TARIXI
Ushbu kafedra 2018 yil 24 avgustda Samarqand Davlat Universiteti ilmiy kengashining13 qarori va universitet rektorining 584-ij sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Kafedra mudiri – p.f.n., dotsent Mardanov Eshim Murodovich, Samarqand Davlat Universiteti ilmiy kengashining qarori bilan taylangan
Ilmiy saloxiyat57,1% ni tashkil qiladi. Kafedrada yana 2 nafar fan nomzodi va 2 nafar assistent o‘rindoshlik asosida fa’oliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning asosiy stimuli: Samarqand viloyat MTB(maktabgacha ta’lim boshqarmasi) bilan ilmiy – amaliy hamkorlik asosidagi ishlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishdan iborat:
2018 yil 28 dekabr kuni Samarqand shahar № 27 MTMda “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik afzalliklari – ommaboplik va sifat” mavzusida ilmiy – amaliy konferensiya o‘tkazildi
2019 yil 8 yanvar kuni Samarqand Davlat Universitetida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari metodistlari va maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari uchun: “Maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba o‘tkazish orqali tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish uchun tayyorlangan o‘quv – uslubiy qo‘lanmalar taqdimoti” bo‘lib o‘tdi
2019 yil 4 fevral kuni “Maktabgacha ta’lim” fakulteti va Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi metodistlari hamda MTM mudiralari bilan “Maktabgacha ta’lim”yo‘nalishi talabalarini ilk marotaba “Malakaviy amaliyot” ga yo‘naltirish masalasida amaliy- uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 2 mart kuni Sam DU “Maktabgacha ta’lim” fakulteti faollar zalida “Maktabgacha ta’lim fakultetining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan izchil hamkorlikni o‘rnatish masalalari ” mavzusida muhokama-munozaraasosidagi o‘quv –amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Kafedraning kelajakda ilmiy – amaliy, o‘quv uslubiy saloxiyatlarini oshirish maqsadidagi ushbu ezgu maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni bajarish bilan “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi ilmiy metodik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi hamda Samarkand Davlat Universitetida ushbu yo‘nalishda ilk marotaba magistraturaga qabul jarayonini adolatli va shaffof o‘tkazishga xizmat qiladi.