Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari: • Talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish;
• xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish;
• ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish;
• bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish;
• mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mutaxassislarni tayyorlash;
• talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish;
• muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish;
• talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish;
• talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish;
• talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;
• talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;
• adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;
• talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish;
• institutda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
ILMIY-AMALIY ANJUMAN, SEMINAR-TRENINGLAR: 2020-yil 11-12 noyabr kunlari “Maktabgacha ta’lim tizimini ruvojlantirishda ilmiy-amaliy innovatsiyalarning pedagogik ahamiyati xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.
Maktabgacha ta’lim fakultetida 2021-2022 o`quv yilidan boshlab har hafta professor-o’qutuvchilar o`rtasida o`quv-uslubiy seminar trening tarzida tashkil etilmoqda. O`quv-uslubiy seminar maktabgacha ta’lim muammolariga bag`ishlangan bo`lib har bir muammo Fillandiya ta’lim tizimi bilan bog`lanib undan andoza olinmoqda. Jumladan, 2021-yil 6-oktabr kuni O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakultetida fakultet dekani dots.Zohidova Sanoat Raxmonovna raisligida "Finlandiyada ta'lim tizimi" mavzusida fakultet miqyosida uslubiy seminar-trening bo'lib o'tdi. Seminar treningda fakultet professor-o'qituvchilari, "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta'lim)" yo'nalishi magistrantlari ishtirok etdilar. Seminar ishi qizg'in, savol-javoblarga boy bo'ldi.
2021-yil 13-oktabr kuni O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani dots. Zohidova Sanoat Raxmonovna raisligida ""Ilm yo'li" variativ dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlash" mavzusida fakultet miqyosida uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda assistent X.Tojiyeva ma'ruza qildi.Seminar so'ngida professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga javob olishdi.
2021-yil 20-oktabr kuni O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani dots. Zohidova Sanoat Raxmonovna raisligida professor-o'qituvchilar uchun videodars tayyorlash bo'yicha fakultet miqyosida uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda PhD F.Rahmatova ma'ruza qildi.Seminar so'ngida professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga javob olishdi.
2021-yil 27-oktabr kuni O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani dots. Zohidova Sanoat Raxmonovna raisligida professor-o'qituvchilar uchun hemis va moodle tizimida ishlash bo'yicha fakultet miqyosida uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda institut raqamli texnologiyalar markazi tomonidan mutaxassislar ma'ruza qilishdi.Seminar so'ngida professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga javob olishdi.