Eslatma:Uchta (uzb, rus, eng) tilda hamda lotin harflarida bo’lishi shart. Shuningdek uchta til to’liq bo’lmaguncha qabul qilinmaydi!
KAFEDRA A’ZOLARI RO’YXATI 1-jadval
№
Professor o`qituvchining F.I.Sh
Lavozimi
Asosiy shtatda ishlayotgan professor-o`qituvchilar
1
Mardanov Eshim Muradovich
dots
2
Abdualimov Rufat Uchqin o`g`li
ass
3
Achilov O`tkir Isomitdinovich
ass
4
Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna
ass
O`rindoshlik asosida ishlayotgan professor-o`qituvchilar
Samarqand viloyati, Samarkand shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 78-uy, 2-xonadon
Tarjimayi hol Mardanov Eshim Muratovich 1950 yil 10- oktyabr Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani uyurug‘ul qishlog‘ida tug‘ildim.1967 yili Pastdarg‘om tumanidagi 19-maktabni bitirib 1970 yil SamDUPI fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib,1974 yilda matematika ixtisosligi bo‘yicha bitirdim. Mardonov Eshim Murodovich 1980-1985 yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, 1985-1988 yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti, 1988-1992 yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 1992-1999 yillarda Samarqand davlat universiteti «Ehtimollar nazariyasi va matematika o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti, 1999-2015 yillarda Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yildan buyon Samarqand Davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri faoliyat olib bormoqda. U 2020 yil 11-12 noyabr kunlari “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda ilmiy-amaliy innovatsiyalarning pedagogik ahamiyati” mavzusida fakultetda tashkil etilgan xalqaro ilmiy anjuman tashkilotchisi va tahririyat a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Konferensiyada dunyodagi 14 mamlakatdan nufuzli xalqaro tashkilotlar va olimlar ishirok etdi.
E.Mardonov ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 70 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 1 ta monografiya, 1 ta bibliografik ko‘rsatkich muallifidir. O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyatida maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirdi.
E.Mardanov kafedrada Ustoz-shogird tizimi asosida bog‘cha tarbiyachilari, iqtidorli talabalar va magistrlar bilan ilmiy-amaliy ishlarni yuritilishida Samarqand shahar MTTlarda ilmiy-amaliy seminarlar tashkilotchisi.
E.Mardanov o‘zining tashabbuskorligi, tashkilotchiligi, talabchanligi orqali universitet va fakultet jamoasi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozondi, viloyat, shahar va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘ziga topshirilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq bajarib kelmoqda. E.Mardanov universitet jamoasi o‘rtasida bilimli, talabchan va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaruvchi xodim sifatida hurmat qozongan.
Uylangan 4 nafar farzandi bor.
Ilmiy ishlari 1974-1979 yilda matematika ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan;
1985-1988 yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti