kaliyning tibbiotda ishlatiladigan birikmalari: - KCI — yengil diuretik modda sifatida, gipokaliemiya, turli aritmiya hollarida, kuchli qayd qilish hollarida foydalanildi.
- KBr va KJ qo‘llanilishi NaBr va NaJ singaridir.
- CH3COOK — yengil siydik haydovchi (diuretik) modda sifatida ishlatiladi. Suv yig‘ilib qolish hisobiga buyrak va yurakning shishib ketgan xolatlarini yo‘qotishda yaxshi foyda beradi.
- KMnO4 — antiseptik modda bo‘lib, yaralarni yuvishda, ginekologik va urologik muolajalarda qo‘llaniladi.
- Kаlsiy – mаkrоbiоgеn elеmеnt boʻlib, hujayra tashqi kationidir. Odam organizmining kalsiyga boʻlgan ehtiyoji ozuqa va sut mahsulotlari orqali oʻzlashtiriladi. Odam organizmi gomeostaz holatini ta’minlab turish uchun unda har 24 soat davomida 1g Ca2+ ionlari oʻzlashtirilish kerak. Cа2+ iоnlаri qon ivishi jarayonida bevosita ishtirok etib, pro- trombinni trombinga aylantirish jarayonini ta’minlaydi. Bundan Cа2+ iоnlаri mushаklаrning qisqаrish vа boʻshаshish jаrаyonlаridа bеvоsitа ishtirоk etаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |