I BOB. QISHLOQ TURIZMINI HUDUDIY TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI - Ma’lumki, bundan 15-20 yillar avvallari turistik ob’ektlarning asosiy qismi shahahar joylarda va qisman shahar atroflarida hududlarda turistlarni qabul qilish va xizmat kursatish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan bulsa, bugungi kunga kelib qishloq joylardagi turistik ob’ektlar ham xalqaro marshrutlarga kirib borishi qishloq turizimini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda muhim hisoblanadi.
- Qishloq joylar - bu shaharlardan tashqaridagi aholi yashaydigan barcha joylardir. Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo‘nda ta’rifni V.A.Maksimov (1992) yanada rivojlantirgan holda, uni tabiiy sharoit va resurislar, qishloq aholisi va uning o‘ziga xos turmush tarzi, odamlar mehnati natijasi-turli-tuman asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati kabilar bilan boyitdi. Qishloq turizmi - farm tour, riral tour. Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini yoki boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish uchun ijaraga olinadi.
- Qishloqlar shakillanishi va rivojlanishining asosi iqtisodiyot tarmoqlari tashkil qiladi. Bu jihatdan qishloqlar 3 toifaga bo‘linadi. 1 qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan, qishloq xujaligiga ixtisoslashmagan va aralash qishloqlar. O‘z navbatida, qishloq xujaligiga ixtisoslashgan qishloq bog‘dorchilik va uzumchilik, sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan qishloqlardan tashkil topadi.
Qishloq aholi punktlari o‘rganilganda ular eng avallo klassifikatsiyalashtiriladi. Bu jihatdan qishloqlar uch asosiy sinfga bo‘linadi; kichik qishloqlar (aholi soni 1000 kishigacha ), o‘rta ( 1000 – 3000 kishi ) va katta ( 3000 kishi va undan ortiq ) qishloqlar. Maxsus tadqiqotlarda bu guruhlashtirish yanada aniqroq darajada bajariladi. Bunda masalan, qishloqlarning katta – kichiligi bo‘yicha quyidagi sinflarga ajaratish mumkin: - Qishloq aholi punktlari o‘rganilganda ular eng avallo klassifikatsiyalashtiriladi. Bu jihatdan qishloqlar uch asosiy sinfga bo‘linadi; kichik qishloqlar (aholi soni 1000 kishigacha ), o‘rta ( 1000 – 3000 kishi ) va katta ( 3000 kishi va undan ortiq ) qishloqlar. Maxsus tadqiqotlarda bu guruhlashtirish yanada aniqroq darajada bajariladi. Bunda masalan, qishloqlarning katta – kichiligi bo‘yicha quyidagi sinflarga ajaratish mumkin:
- Mayda qishloqlar – aholi soni 500 kishigacha;
- Kichik qishloqlar – 500 – 1000 kishi;
- O‘rta qishloqlar – 1000- 3000 kishi;
- Katta qishloqlar – 3000 – 5000 kishi;
- Yirik qishloqlar – 5000 kishidan ziyod.
- Qishloq aholi punktlarning yuqoridagi guruhlarga ajratilishi tasodifiy emas, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |