qanchalik qiynaladi. Endi esa, tasavvur qil, agar u shu yukni to’qqiz soat ko’tarib
yursa nima bo’ladi? Agar to’qqiz kun ko’tarib yursa-chi? Shundan xulosa chiqarib
olaverki, seni onang to’qqiz soat yoki to’qqiz kun emas, balki to’qqiz oy ko’tarib
o’zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq bo’lganingni
bilishni istasang, atrofingdagi onalarga qara, ularning qo’llaridagi chaqaloqlarga
nazar sol, shunda o’z go’dakligingni yorqin tasavvur qilasan, bundan esa o’zingga
16
Aqlli, ziyrak, zehnli har bir farzand onaning haq-huquqini joyiga qo’yadi,
qo’lidan qancha yaxshiliklar kelsa, onasi uchun ado qiladi, rizoligi yo’lida esa
barcha imkoniyatini ishga soladi. Hech bir narsada onaning jahlini chiqarmaydi,
onaning quvvati yetmaydigan narsani talab qilmaydi.
Onaning shafqatiga jafo bilan, mehribonligi evaziga xafa qilish bilan javob
qaytaruvchi farzand naqadar razil farzand. Ona aytganlariga quloq solmaydigan,
buyurganining aksini qiladigan, har bir ishda onaning jig’iga tegadigan farzandni
ota yomon ko’rishidan tashqari, odamlar ham yomon ko’rishi shubhasizdir.
Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog’i bilan eshitishi, to’g’ri yo’lga
targ’ib etsa, qarshilik qilmasligi ota yoki onadan birortasi ish buyurganda, shu
buyurilgan ishda xatolik borligini bilsa ham, yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi,
kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni
ko’ndirishi lozim. (168 so’z)
IBRAT
Bir ota o‘smir o‘g‘lini uyidan olib chiqib, ko‘chaning o‘rtasida ayamasdan
savalayotgan emish. Bu sirni kim qanday tushunadi, degan ma’noda ana shu usulni
tanlagan ekan. Shu payt qo‘shni darvozadan bir qiz chiqib qolibdi. Qarasa, tuppa-
tuzuk yigitchani otasi urayotganmish. Qiz bunga chiday olmay so‘rabdi:
- Amaki, bu kimingiz bo‘ladi?
- O‘g‘lim bo‘ladi. – debdi otasi.
- O‘g‘lingiz nima gunoh qildiki, ko‘chaga chiqib urasiz.
- Gunohi shuki, - debdi ota, - aytganimni qiladi.
Qiz hayron qolibdi. Qanaqa ota bu, o‘g‘li aytganini qilsa-yu, rahmat eshitish
o‘rniga kaltak yesa. Qizning ko‘z yosh qilayotgan bolaga rahmi kelibdi.
“Mushtumzo‘r” otadan xafa bo‘libdi. Ota qizning holatini ko‘rib, ichida debdi:
“Hoy qizim, sendan yaxshi kelin chiqmaydi. Sen sirning nimaligiga
tushunmading...”
Qiz yo'liga ketibdi. Ota yon-veriga qarasa, uzoqdan ko‘hlikkina bir qiz
kelayotganmish. Qiz yaqinlashishi bilan ota yana o‘g‘lini do‘pposlay boshlabdi.
Qiz to‘xtab otadan so‘rabdi:
- Amakijon, o‘g‘lingiz nima gunoh qildiki, uyda emas, ko‘chaga chiqarib
uryapsiz?
- Nima desam, aytganimni qiladi, qizim. Shuning uchun adabini beryapman,
- debdi ota.
- Qattiqroq uring, aqli kirsin, ana o‘shanda o‘z aqli bilan ish qiladigan
bo‘ladi,- deb qizcha yo‘lida davom etibdi.
Buni ko‘rgan ota: “E, farosatingga balli-ey, ona qizim”,- deb izidan termulib
qolibdi,- albatta, bir kuni seni kelin qilaman”,- deb ko‘ngliga tugibdi.
(196ta so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: