Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi boshlig’i S.S.Nuriyevga
Xurmatli Salohiddin Samadovich!
Sizning 21.04. 2022 yilgi 9-8/201-sonli taqdimnomangiz SamVMI Sport klubi raisi, rais o’rinbosari, hisobchisi va Sport klubi jamoasi a’zolari ishtirokida ko’rib chiqilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadirlar ishlab chiqildi.
Jumladan, Samarqand veterinariya midisinasi instituti Sport klubini tekshirish jarayonidagi aniqlangan, xato-kamchiliklar, aynan:
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ruyxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 34-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotining pochta, manzili, bank rekvizitlari o’zgargan taqdirda Sport klub tomonidan bir oy muddatda bu to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi organga xabar qilindi.
-Sport klubi ijroiya qo’mitasi a’zolari saylandi.
-Konferensiyalar oralig’idagi davrda Sport klubi faoliyatiga ijroiya qo’mitasi rahbarlik qilishi hamda ijroiya qo’mitasi yig’ilishlari bir yilda kamida bir marotaba o’tkazilishi belgilandi.
-Sport klubda davlat ro’yxatdan o’tkazilgan kunlar o’rganish kuniga qadar taftish komissiyasi tarkibi saylandi hamda Sport klub moliya-xo’jalik faoliyati nazoratga olindi.
-Sport klubi tomonidan 2021-yil 7-15-iyun kunlari “O’zbekiston kasaba uyushmalari hamda profissor o’qituvchilar xodimlari” o’rtasida “Voleybol” musobaqasi o’tkazilganligi to’g’risida viloyat Adliya boshqarmasiga tegishli tartibda xabarnoma berildi.
- Sport klubi tomonidan 2020-yil yakuni bilan taqdim qilgan hisobot shaklining 5-bandi doimiy asosda ishlovchi rahbarlik organi ko’rsatilgan holda taqdim qilindi.
2021-yilda adliya boshqarmasiga yil yakuni bilan taqdim qilgan hisobot shaklining 7-bandi Sport klubning a’zolari soni qismida a’zolar soni ko’rsatilgan holda taqdim qilindi.
Ilova: Yig’ilish bayonnamasidan ko’chirma va xujjatlardan nusxalar.
Samarqand veterinariya midisinasi
instituti Sport klubi rais o’rinbosari A.Imomov
Samarqand veterinariya midisinasi instituti Sport klubining 2022 yil 29 aprelda bo‘lib o‘tgan 2-sonli yig‘ilishi bayonnomasidan
K O‘ Ch I R M A
Qatnashdilar: Yig‘ilish raisi va Sport klubi a’zolari.
KUN TARTIBI:
3. Adliya boshqarmasining 21.04. 2022 yildagi 9-8/86-sonli taqdimnomasining muhokamasi (ma’ruzachi A.A.Imomov).
EShITILDI:
1. Taqdimnoma yuzasidan ma’ruzachi A.A.Imomov o’z ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ruyxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 34-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotining pochta, manzili, bank rekvizitlari o’zgargan taqdirda Sport klubi bir oy muddatda bu to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi organga xabar qilishi, Sport klubi ijroiya qo’mitasi a’zolarini saylanishi, konferensiyalar oralig’idagi davrda Sport klubi faoliyatiga ijroiya qo’mitasi rahbarlik qilishi hamda ijroiya qo’mitasi yig’ilishlari bir yilda kamida bir marotaba o’tqazilishi, Sport klubda davlat ro’yxatdan o’tkazilgan kunlar o’rganish kuniga qadar taftish komissiyasi tarkibi saylanishi hamda Sport klub moliya-xo’jalik faoliyati nazoratga olishi, Sport klubi tomonidan 2021-yil 7-15-iyun kunlari “O’zbekiston kasaba uyushmalari hamda profissor o’qituvchilar xodimlari” o’rtasida “Voleybol” musobaqasi o’tkazilganligi to’g’risida viloyat Adliya boshqarmasiga tegishli tartibda xabarnoma berilishi, 2020-yil yakuni bilan taqdim qilingan hisobot shaklining 5-bandi doimiy asosda ishlovchi rahbarlik organi ko’rsatilgan holda taqdim qilinishi, 2021-yil davomida a’zolari a’zolikka qabul qilingani bilan Adliya boshqarmasiga yil yakuni bilan taqdim qilingan hisobot shaklining 7-bandida ko’rsatilgan bo’lishi kabi kamchiliklar ko’rsatilganligi va bu kamchiliklar tez sur’atlarda bartaraf etilganligi to’g’risida ma’lumot berdi.
Sport klubi raisi Institut rektori professor X.B.Yunusov ushbu kamchiliklar unistitut oliy dargohga yarashmasligini, kelgusida hisobotlar qilinishi, Adliya organlari bilan habarlashgan holda tadbirlar o’tkazilishi qattiq nazorat ostiga olinganligini va bu borada Klub a’zolarining faolligini oshirishni so’radi.
Klub a’zolari A.Tuvalov, A.Mirzaev va boshqalar mazkur masalalarda o’z fikr takliflarini bildirdilar.
Yig’ilish barcha masalalar ko’rib chiqilgandan keyin,
QAROR QILDI:
Taqdimnoma yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish bayonomasidan ko’chirma va qilingan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlardan nusxalar muhokama natijasi yuzasidan to‘plangan hujjatlarni belgilangan muddatda Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi boshlig’i Salohiddin Samadovich Nuriyevga yuborilsin.
Raislik etuvchi X.Yunusov
Kotib: A.Tuvalov
Nusxa asliga to’g’ri
Samarqand veterinariya midisinasi
instituti Sport klubi rais o’rinbosari A.Imomov
Do'stlaringiz bilan baham: |