O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Genomika va bioinformatika markazi
katta ilmiy xodimi, PhD A.H.Makamov
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining 5А320501 - Biotexnologiya (O‘simlikshunoslik, chorvachilik) mutaxasisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlash uchun “Hujayra va gen muhandisligi” fanidan tayyorlangan fan dasturiga
T AQRIZ
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning natijasida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Ularni zamon talablariga javob beradigan dasturlar asosida o‘qitish kelgusida shu sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 1 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3026-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 3151-sonli va 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 5А320501 - Biotexnologiya ( o‘simlikshunoslik, chorvachilik) mutaxasisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash uchun “Hujayra va gen muhandisligi”fanidan dastur ishlab chiqilgan.
Fan dasturda “Hujayra va gen muhandisligi”fanining mazmuni, predmeti, mohiyati, maqsadi va vazifalari, uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma- ketlikda o‘z aksini topgan. “Hujayra va gen muhandisligi”fanini chuqur o‘rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi davrda “Hujayra va gen muhandisligi”fanini o‘rganish, bunday texnologik jarayonlarini jadallashtirish, gen, genom va hujayra muhandisligi va bu zamonaviy biomuhandislikning asosiy yo‘nalishlari sohasida erishilgan yutuqlaryordamida hozirgi zamon biologiyasi muammolarini yechish yo‘llarini atroflicha qamrab oladi. Bu fan 5А320501 - Biotexnologiya (O‘simlikshunoslik, chorvachilik) mutaxasisliklarida o‘qitilib, boshqa mutaxasislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi mutaxasislik fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur fan dasturi davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, uslubiy jihatdan to‘g‘ri, mazmunan tushunarli tilda xatosiz yozilgan, hozirgi kundagi huquqiy- me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Hujayra va gen muhandisligi”fanidan fan dasturini tegishli ta’lim yo‘nalishlari magistrlarni tayyorlashda o‘quv jarayoniga joriy qilish va chop qilishga tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |