Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet37/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Hayvonlarni yayratish ya’ni motsion - hayvonlar yopiq molxonalarda saqlanganda tashqi toza havoda yayratib turilmasa, ularga bu salbiy ta’sir qiladi. Hayvonlar uzoq vaqt bir xil sharoitda saqlanganda havoda har xil gazlar ko‘p bo‘ladi. Buning ustiga quyosh nuri etishmasligi, kam harakat qilish va boshqa kamchiliklar ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlar yayratilmasa bo‘shashadi, organizm chidamliligi, gaz almashish va modda almashishi pasayadi, natijada ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamayadi.

Yayratish organizmni chiniqtiradi va atrof-muhitga moslashtiradi. Quyosh nuri qon ishlab chiqarish funksiyasini me’yorlashtiradi, kalsiy va fosfor elementlarining yaxshi hazm bo‘lishi va raxit hamda osteomalyasiya-suyak kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Yayratish erkak hayvonlarniig jinsiy faoliyatini oshiradi. Bo‘g‘oz hayvonlarni sayr qildirish tug‘ishni osonlashtiradi, tug‘ishdan keyingi kasalliklarning oldini oladi va tug‘ilgan bolalarining hayotchanligi yuqori bo‘ladi. Yayratish yirik Chorvachilik fermalarida juda ham zarur, chunki u erlarda hayvonlar yil davomida yoki uzoq vaqt davomida molxonalarda saqlanadi.

Molxonalar yaqinida yayratish uchun ancha kengroq hovli ajratilib, atrofi devor bilan o‘raladi. Unda haydash yo‘llari, yayratish maydonlari, shamoldan saqlash uchun to‘siqlar qilinadi. Qo‘yxonalar yonida o‘ralgan bostirma qurilib, qo‘ylar kunduzi o‘sha erda turadi, sug‘oriladi va oziklantiriladi. Yayratish maydonlari yoki haydash yo‘llari tekis qilinib, go‘ng va qordan tozalab turiladi. Emadigan cho‘chqa bolalari va jo‘jalar uchun cho‘chkaxona va parrandaxonaning janubiy tomonidan yayratish maydonlari qurilib qo‘noqlar qilinadi, cho‘chqalar uchun esa tagiga poxol to‘shaladi.

Iloji boricha yayratish maydonlari ko‘kalamlashtiriladi, yomg‘ir, qor va yozgi issiq davrida quyoshdan saqlash uchun ayvon qilinadi. Yayratish maydonlarida qurilgan ayvonlarning kengligi kamida 10 - 12 m bo‘lishi kerak.

Hayvonlarni yayratish vaqti ularning yoshi, fiziologik holati va obi-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. O‘rtacha yayratish vaqti katta yoshdagi hayvonlar uchun 3 - 4 soat bo‘lishi mumkin. Qish paytlarida yayratish kunduzi, yozda esa ertalab tongda va kechqurun qorong‘i bo‘lishdan oldinroq o‘tkaziladi. Yosh hayvonlar 10 kunligidan yayratishga asta-sekin o‘rgatiladi. Avvalo binolarda, keyin havo yaxshi paytlarida toza havoda 10 - 14 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Keyingi kunlari asta-sekin vaqti uzaytirib borib, buzoqlarni bir oyligida va qo‘zilarni 20 kunligida 1 - 2 soatga etkaziladi. Yosh mollarning zax erlarga va qorga yotib qolmasligini kuzatib turish zarur. 6 oydan katta buzoqlar, onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalari va qo‘zilar uchun yayratish vaqti katta mollarga belgilangandek bo‘ladi.

Hayvonlar yayratilganda bir joyda turib qolmasliklari, asta-sekin yurishlari zarur. Sigirlar va buzoqlar uchun 1,5- 2 km, cho‘chqalar uchun 0,5-1 km uzoqlikda yo‘laklar qilinadi. Yo‘laklar qordan, go‘ngdan va boshka iflosliklardan tozalanadi, muzlagan bo‘lsa kul yoki qum sepiladi.

Bug‘oz sigirlar, ona cho‘chqalar, biyalar bo‘g‘ozlikning oxirgi haftalarida yayratishga chiqarilganda har xil shikastlanishlardan juda ehtiyot bo‘lish zarur. Qalin qor va muzlagan paytlarda bo‘g‘oz mollar yayratishga chiqarilmaydi yoki qisir mollar bilan qo‘shilmaydi. Bug‘oz biyalar etaklab yayratiladi. Bundan tashqari kamkuvvat, kasal, harorati baland mollar, bo‘rdoqi hayvonlar va katakda saqanadigan tuxum qiladigan tovuqlar yayratishga chiqarilmaydi.
Nazorat savollari:

1. Hayvonlar nima maqsadda tashiladi.

2. Hayvonlarni tashish yo‘llarini ayting.

3. Vagon va avtomashinalarga necha bosh hayvon yuklanadi.

4. Parvarishlashning ahamiyatini ayting.

5. Terini parvarishlashning asosi nimadan iborat.

6. Qishloq xo‘jalik hayvonlari nima uchun shoxsizlantiriladi.

7. Qishloqxo‘jalikhayvonlariuchunmotsionningahamiyati.

8. Parvarishlashning ahamiyatini ayting.

9. Terini parvarishlashning asosi nimadan iborat.

10. Qishloq xo‘jalik hayvonlari nima uchun shoxsizlantiriladi.

11. Qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun motsionning ahamiyati.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish