Mavzu: Karbonat angidrid gazi bo‘yicha ventilyatsiyani hisoblash.
Darsning maqsadi - bir soatda almashinadigan ventilyasiya havosining hajmini CO2 gazi bo‘yicha hisoblashni o‘rganish.
Darsga kerakli kurgazmali qurolar - hayvonlar tomonidan ajratilayotgan CO2 gazi, suv bug‘lari va issiqlik miqdori ko‘rsatilgan jadval, interpolyasiya formulalari, maksimal namlik jadvali, ventilyasiya trubalaridagi havoning harakat tezligini aniqlash jadvali.
Darsning mazmuni - molxonalar ichiga havo kiritilishi va chiqarilishi natijasida hosil bo‘ladigan havoning harakatiga ventilyasiya deyiladi. Molxonalarda tabiiy, sun’iy va aralash ventilyasiy turlari ishlatiladi.
Механик вентиляцилар схемаси
1 – havo oluvchi qurilma; 2 – havo quvirlari ; 3 - filtr; 4 - kalorifer;
5 - ventilyator; 6 – toza havo oqimi; 7 – iflos havoni so’ruvchi qurilma; 8 – tozalash qurilmasi; 9 – iflos havoni chiqaruvchi qurilma; 10 – oqib keluvchi va so’rib oluvchi tizim; 11 vа 12 – havo miqdorini rostlovchi quvurlar.
Ventilyasiyaning asosiy vazifasi qo‘yidagilardan iboratdir.
Qish paytida molxonalardagi ortiqcha namlikni chiqaradi.
Hayvonlarni toza havo bilan ta’minlaydi.
Molxonadagi issiq havoni harakatlantiradi.
Havodagi zararli gazlarni molxonadan chiqaradi.
Yoz paytida molxonani sovutadi.
Ventilyasiya havosini hajmini hisoblash paytida hayvonlarning, turi, tirik og‘irligi, mahsuldorligi va yoshi e’tiborga olinadi. Agar bu ko‘rsatkichlar jadvalga to‘g‘ri kelmasa interpolyatsiya formulasidan foydalaniladi.
CO2 gazi bo‘yicha sun’iy ventilyasiyani hisoblash qo‘yidagi formula yordamida amalga oshiriladi.
Lm3/s
Lm3/s = Bir soatda almashinadigan ventilyasiya havosini miqdori.
K = Molxonadagi jami hayvonlar tomonidan bir soatda ajratilgan CO2 gazining miqdori (l/s). Qiymati hayvonlarni tirik vazni va mahsuldorligiga qarab jadvaldan olinadi. (9- jadval).
C1 = 1 m3 molxona havosidagi CO2 gazining miqdori, 2,5 l ga teng.
C2 = 1m3 atmosfera havosidagi CO2 gazining normasi, 0,3 l ga teng.
Misol. Sigirxonada 100 bosh qoramol saqlanadi. Shundan tirik vazni 600 kg lik 20 bosh bug‘oz sigir, 10 l sut beruvchi sog‘im sigir 20 boshi tirik vazni 500 kg, qolgan 60 boshi tirik massasi 550 kg 5 l sut beruvchi sog‘im sigirdir. Molxonaning ichki harorati +120C, tashqi harorat - 80C, atmosfera bosimi 745 mm simob ustuniga teng. Nisbiy namlik 85 %, ventilyasiya trubasining balandligi 6 m, molxonada 4 dona eshik (ulchami 2,5x3 m), 24 dona deraza (1,2x1,5m), pol betondan, devorlari g‘ishtdan, Shifti yog‘och taxta, qamish, tuproq bilan yopilib usti shiferlangan. Havo kirituvchi kanalning ulchami (0,3 x 0,3 m), havo chiqaruvchi trubaning ulchami (0,8 x 0,8 m), eshik va derazalar bir qavatli. Molxonaning uzunligi 70 m, eni 10 m, balandligi 3m. Molxona Samarqand viloyatida qurilgan.
Hisoblash:
K = ni topish.
a) 1 bosh 600 kg.lik bug‘oz sigir 1 soatda 138 l CO2 ajratadi.
Jami 20 boshi x 138 = 2760 l/s ajratadi.
b) 1 bosh 10 l sut beruvchi 500 kg.lik sigir 1 soatda 142 l CO2 ajratadi. Jami 20 boshi x 142 = 2840 l/s ajratadi.
v) 1 bosh 5 l sut beruvchi 550 kg.lik sigir 1 soatda 139 l CO2 ajratadi (bu interpolyasiya formulasi bo‘yicha aniqlangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |