Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib kolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdikdaydi



Download 29,2 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi29,2 Kb.
#778523
  1   2

31-BILET
1

  1. Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib kolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdikdaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi. Chunki, guvoh bo‘lib turganimizdek, zamonaviy buzg‘unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini ko‘llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etnohududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.

Millatlar mavjud ekan, ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlar ham bo‘ladi. Shunday ekan, bugun globallashuvning bu jarayonga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirining oldini olish haqida bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish o‘z mustaqilligini, erkini, o‘ziga xosligini qadrlashga qodir bo‘lgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi.


Mamalakatimizda ham millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g‘oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev keyinchalik barcha
Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yaishb kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bagrikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoev nutq va ma’ruzalarida tinchlikni ta’minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini ko‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olga surib kelmokda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yo‘nalish sifatida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlail hamda chukur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» belgilandi. Bu ham yurtimizda fukarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bag‘rikenglikka berilayotgan ulkan e’tibordan dalolat beradi.
«Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari. jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axlok, kiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «chidamoq», «sabr qilmoq» ma’nosini anglatgan «tolerantlik» so‘zi, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki karashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan kat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bulish», «muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga ega.
Taraqkiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YuNESKO) bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targib etish, inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YuNESKO Ijroiya Kengashining 155sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu erda yashovchi xalq boshqa joydan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolgan emas. Bu zamin ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin Sharq va Earbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir. Bu tuprokda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkur beshigi», deb bejiz ta’riflamagan. Shuni ta’kidlash joizki, bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga tayanadi.
Uch ming yillik tariximiz shundan guvoxdik bermokdaki, oliyjanoblik va insonnarvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval mamlakatimiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926 yilda yurtimizda 90 millat va elat yashagan bo‘lsa, 1959 yilda ularning soni 113 taga, 1979 yilda 123, 1989 yilda esa 130 taga etgan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat mamlakatga nom bergan o‘zbek xalqi, balki shu muqaddas zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida saqlanib qolishi va rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, ko‘pmillatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va yanada mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yil 13 yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘ziga xos an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda ularga ko‘maklashish deb belgilandi.
2017 yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi keng nishonlandi. Mamlakatimizda milliymadaniy markazlarni soni 140 dan ziyod bo‘lib, ular yurtimizning jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, bu markazlar faoliyatida, millatidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin. Millatlararo munosabatlar yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri aholining milliy tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq ta’limi vazirligiga qarashli pedagogika institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg‘ulotlar olib boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmokda.
O‘zbekiston televideniesi orqali kator xorijiy tillardagi ko‘rsatuvlarning muntazam ravishda namoyish qilinishi va maxsus radio eshittirishlarning turli tillarda efirga uzatilayotgani ham diqqatga sazovor. Bugungi kunda, 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, kozoq, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird, koreys, uyg‘ur) tillarida teleradio eshittirishlar efirga chiqmokda. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonning millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bo‘lgan siyosatning har qanday ko‘rinishlarini to‘liq va mutlaq rad etishga asoslangan.
2 JAVOOOOOOOOOOOOB
Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.
Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”.
Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim.
Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.
Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim.
3 JAVOOOOOOOOOB

Download 29,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish