Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib kolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdikdaydi


O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi



Download 29,2 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi29,2 Kb.
#778523
1   2
O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o`z taraqqiyot ko`lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O`zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish maqsadida o`zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo`lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O`zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo`lda Prezident I. A. Karimovning o`rni beqiyosligini ham aytib o`tmoq lozim.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O`zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to`g‘ridan to`g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo`lib, respublikaning o`rni faqat qog‘ozlarda federatsiya subyekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O`zbekiston o`z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko`rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O`zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o`rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O`zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a’zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan O`zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu yo`lni qonun bilan mustahkamladi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining asarlari, ma’ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:

  • milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;


  • umumbashariy qadriyatlarni ustun qo`ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish;


  • tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlikni o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik


  • barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga intilish;


  • xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;


  • tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.


O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o`rganish tartibi”, “O`zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o`z aksini topdi.


Shu o`rinda aytib o`tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O`z navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi.
Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O`zbekistondagi vakili etib saylandi.
O`zbekiston BMTning to`laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o`zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O`zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O`zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o`rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. Prezident I.A.Karimov bu ma’ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo`yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta’qiqlash bo`yicha xalqaro nazorat o`rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo`yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
4 JAVOOOOOOOOOOOB
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
8-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini ta’minlaydi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
5 JAVOOOOOOOOOOOOOOOOOOB
Fuqarolik jamiyatining dastlabki turli tarixiy qiyofalarining ifodasi Yevropa va O‘rta yer dengizi an’analari asosida Uyg‘onish davridagi Italiya shahar-davlatlarida namoyon bo‘ldi.. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimi doirasidagi, muayyan shahar hududidagi ijtimoiy munosabatlarning tizimi sifatida ifodalanadi.

Yevropa jamiyatshunos olimlari fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini - olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinental-yevropa an’analariga bog‘laydi. Ular erkin fuqaroning paydo bo‘lishi, birinchilardan bo‘lib o‘zaro birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi – o‘zlarini feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ham ta’sir qilish kuchiga ega bo‘lgan dastlabki assotsiatsiyalar tashkil topishi sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi.


Fuqarolik jamiyatining yana bir ildizi yoki uning zamonaviy tushunchasini shakllanishida liberal ingliz-amerikan an’analari muhim ahamiyat kasb etdi. Olimlar unga nisbatan turlicha fikr bildiradi. Masalan, fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilish bilan bog‘likligiga doir g‘oyani Jon Lokk, modernizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatidagi g‘oyani Adam Smit, minimal davlat konsepsiyasini A.Fergyuson, fuqarolik jamiyati va zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani Tomas Peyn, amerikacha demokratiya tahlili g‘oyasini Aleksis de Tokvil, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab bergan va fuqarolik jamiyatini davlatdan mustaqil bo‘lishi kerakligi g‘oyasini ilgari surgan Jon Styuart Mill kabi olimlarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkinFuqarolik jamiyati g‘oyasiga turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va sharhlarni butunlay inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyatini nazariy konseptuallashuvi jarayoniga katta hissa qo‘shgan, Uyg‘onish davrining mashhur olimlardan biri Nikkolo Makiavelli (1469–1527 y.) pragmatik va tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra, fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asoslarni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy manfaatdorlikni, shuningdek respublika tuzilmasi manfaatlari oldida burchni his qilishni va jasoratli bo‘lishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashmadir. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi: yolg‘on, shafqatsizlik, hattoki urush ham bundan mustasno emas. Davlat manfaatlari unda birlamchi ahamiyatni kasb etadi. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan. U cherkovga qarama-qarshi g‘oya – davlatning dunyoviyligi tarafdori bo‘lgan. Makiavelli davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat ko‘rsatish uslubi maktabini yaratdi Unga muvofiqdavlat hech qanday ahloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyili asosida axloqiy qadriyatlardan chekinishini oqlab chiqdi..

Lekin, Makiavellining bu salbiy jihatlari fuqarolik jamiyati va davlat masalalarini rivojlanish kun tartibiga qo‘yganligi bilan yuvilib ketdi. Uning g‘oyalari ortidan qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitishga harakat qildi. Xususan, “So‘z erkinligi haqida” (Djon Milton), “Leviafan” (Tomas Gobbs), “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” (Jon Lokk), “Qonunlar ruhi haqida” (Monteske), “Ijtimoiy kelishuv haqida” (Jan-Jak Russo), “Ilohiy-siyosiy traktat” (Benedikt Spinoza), “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” (Anri Fergyuson) kabi asarlarda fuqarolik jamiyati nazariyalari shakllandi. Mazkur asarlar u yoki bu darajada inson hayotining o‘ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollarini ilgari surishi bilan birga shaxs va davlat o‘zaro munosabatlari, fuqarolik jamiyatining asosiy sub’ektibo‘lgan fuqaroning butun salohiyatini yuzaga chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi sababiyatlar dalillar sifatida ochib berildi.


Yangi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri - bu “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi o‘z tadriji davomida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga keltirdi. Biroq, u ko‘pincha “davlat” hodisasiga nisbatan qarama-qarshi qo‘yildi. Fuqarolik jamiyatining liberal talqinlari T.Gobbs, J.Lokk va Sh.Monteske asarlarida namoyon bo‘ldi. Ular fuqarolik jamiyati tushunchasi sifatida insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirishga, insonning ibtidoiy usullardan taraqqiy topgan turmush tarziga o‘tishini ifodaladi. Inson davlat va tamaddundan bexabar “yovvoyi”, “tabiiy” holatda uzluksiz urushlar hamda o‘zaro dushmanlik holatida rivojlanib boradi. Bunda tartib-intizom va fuqarolik munosabatlarini ifodalagan rivojlangan jamiyat bilan tabiiy holatdagi sodda (yoki qaysidir ma’noda johil) jamiyatlar bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yiladi.



Download 29,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish