Mavzu: Veterinariya sanitariya inshootlari
Darsning maqsadi - chorvachilikda foydalaniladigan veterinariya - sanitariya inshooti
bilan tanishish, vannalarni hajmini hisoblash, dezinfeksiya, deratizatsiya turlari va o‘liklarni zararsizlantirish usullari bilan tanishish.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar - veterinariya – sanitariya inshooti
loyihalari, vannaning chizmalari, dezinfeksiya o‘tkazishda ishlatiladigan dorilar va asboblar.
Darsning mazmuni - chorvachilik fermalari va parrandaxonalarning tozaligini ta’minlashda, hayvonlar orasida uchraydigan kasalliklarni davolash va oldini olish chora tadbirlarini o‘tkazishda qo‘yidagi jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Veterinariya qo‘yidagilar kiradi.
Tuman veterinariya stansiyasi
Veterinariya bakteriologiya laboratoriyasi
Veterinariya punkti
Sanitariya davolash punkti
Parranda fabrikalari uchun veterinariya laboratoriyasi.
Sanitariya inshooti
qo‘yidagilar kiradi.
Veterinariya sanitariya ko‘zatuv punkti
Sanitariya so‘yish punkti
Go‘ngni zararsizlantirish uchun qurilmalar
O‘liklarni zararsizlantirish uchun qurilmalar
Hayvonlarni cho‘miltirish uchun vannalar.
Qo‘ylar uchun vannalar - O‘zbekiston sharoitida qo‘ylar yiliga ikki marotaba teri kasalliklarini tarqatuvchi kanalarga qarshi maxsus eritmalar yordamida cho‘miltiriladi. Qo‘ylarni cho‘miltirishda 1 - 3 %li kreolin, 1 - 2 foizli xlorofos eritmalaridan foydalaniladi. Vannaning o‘lchamlari qo‘yidagicha bo‘lishi lozim.
Vannaning umumiy uzunligi - 14 - 20 m,
Vannaning ustki eni - 0,9 m,
Vannaning pastki eni - 0,6 m,
Vannaning chuqurligi - 2,0 m
Vannadagi eritmaning balandligi - 1,2 m.
Vannaning hajmi qo‘yidagicha hisoblanadi.
1. Vannaning ko‘ndalang kesim yuzasi topiladi.
=
2. Vannaning umumiy yuzasi topiladi.
S = 0,75 m2 x 1,2 m = 0,90 m2
3. Vannaning hajmi topiladi.
V = 0,90 m2 x 20 m = 18 m3
Shu vannani 1,5 % - li kreolin eritmasi bilan to‘ldiring. Bizga ma’lumki 1 m3 ga 1000 l suv ketadi. Shuning uchun 18 m3 vannaga 18 000 l eritma sig‘adi. SHunda qancha miqdorda kreolin qo‘shsak 1,5 % - li eritma tayyorlanishini hisoblaymiz. 18000 l 100%
X 1,5%
X = = = 270 kg
Shunday qilib 1,5 %li kreolin eritmasi tayyorlash uchun vannaga 18000 l suv bilan 270 kg kreolin qo‘shish zarur ekan.
Qoramollar uchun vannalar - qoramollar bizning sharoitimizda may oyidan boshlab to avgust oyining oxirigachi har haftada qon-parazitar kasalliklarini oldini olish maqsadida cho‘miltirib turilishi zarurdir. Cho‘miltirish uchun 3% li xlorofos, 0,75 % li polixlorpinen va CK-9 preparati, 3% li kreolin, 0,8 - 1% li chevin va boshqa dezinfeksiyalovchi eritmalar ishlatiladi.
Qoramollar uchun vannaning uzunligi 7 - 14 m, ustki eni 1,2 m, pastki eni 0,9 m, chuqurligi 2 m, eritmaning balandligi 1,4 m bo‘ladi. Vannaning hajmi xuddi yuqoridagidek hisoblanadi.
Hozirgi paytda hayvonlarni cho‘miltirish uchun - DUK, VMOK, LSD, ODN, gidropult va dush ustanovkalari kabi ko‘chma dezinfeksiyalovchi jihozlardan ishlab chiqarish amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Hayvonlarni cho‘miltirishda qo‘yidagi qoidalarga rioya qilish zarur.
Hayvonlarni cho‘miltirishdan kamida 2 soat oldin sug‘orish shart
Cho‘miltirishdan oldin dam berish zarur.
Eritmaning harorati +180 – 200C bo‘lishi shart
Cho‘miltirilgandan so‘ng soya joyda 1 - 2 soat saqlanishi shart.
Vanna atrofi cho‘miltirishdan keyin tozalanishi zarur.
O‘liklarni zararsizlantirish usullari - hayvonlarning o‘liklari asosan 3 xil yo‘l bilan zararsizlantiriladi.
1. Ko‘ydirish usuli - bu usul odam va hayvonlar uchun o‘ta xavfli bo‘lgan zooantroponoz kasalliklar uchragan paytda ishlatiladi.
Hayvonlar o’ligi kuydiriladigan maxsus inshoat
2. Biotermik usul - bunda o‘liklarni zararsizlantirish uchun Bekker qudug‘idan foydalaniladi. Bu quduqning chuqurligi 10 m, eni 3 m bo‘lib, ichki devorlari suv o‘tkazmaydigan material bilan qoplanadi. Bu quduqqa yuqumli kasalliklardan o‘lgan hayvonlar tashlanadi.
3. Chiqindi (util) zavodlari – hozirgi paytda o‘liklarni maxsus mashina bilan xo‘jaliklardan yig‘ib kelinib, ularni chiqindi zavodlarida zararsizlantirilib, ulardan hayvonlar uchun qimmatli oziqalar go‘sht, suyak, qon unlari, go‘sht - suyak uni hamda tuyoq va shoxlaridan sanoat uchun xom ashyo tayyorlanadi.
Dezinfeksiya – tashqi muhit sharoitida kasallik qo’zg’atuvchi patogen mikroblarga qarshi kurash chora tadbirlari. Bu profilaktik, majburiy va yakuniy turlarga bo’linadi.
Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurash chora tadbirlari.
Dezinvaziya - oshqozon ichak qurtlariga qarshi kurash chora tadbirlari.
Degelmintizatsiya - organizmdagi gelmintlarni haydab chiqarish chora tadbirlari.
Deratizatsiya - kemiruvchilarga qarshi kurash chora tadbirlari. Deratizatsiya mexanik, kimyoviy va biologik usullarda o‘tkaziladi.
Dezobarer - fermaga kirish darvozasi oldiga qurilib uzunligi 7-9 m, eni darvoza kengligida, chuqurligi 0,5 m bo‘lib uyuvchi ishqorlar eritmasi bilan to‘ldiriladi.
Nazorat savollari.
1. Veterinariya jihozlarini ayting.
2. Sanitariya jihozlarini ayting
3. Vannaning hajmi qanday topiladi
4. Cho‘miltirishda ishlatiladigan eritmalarni ayting
5. Dezinfeksiya va deratizatsiya turlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |