Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Teri va elinni parvarish qilishning gigienik ahamiyati



Download 14,3 Mb.
bet34/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Teri va elinni parvarish qilishning gigienik ahamiyati -hayvonlarni parvarish qilish gigienasi oziqlantirish, sug‘orish, saqlash usullari qatori asosiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Busiz hayvonlar organizmidagi fiziologik jarayonlar, modda almashish darajasini yaxshilash, organizmning kasalliklarga chidamliligi va mahsuldorligini oshirib bo‘lmaydi.

Hayvonlarni terisini parvarish qilish uning fiziologik rolidan kelib chiqadi. Hayvonlar terisining holati uning umumiy holati bilan bog‘liq bo‘lib, terini o‘z me’yorida ishlashini ta’minlaydi. Shuning uchun teri va junning holati salomatlik oynasi deyiladi.

Agar hayvonlar terisining holati ularning umumiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, sog‘ligi esa ma’lum miqdorda terining funksiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Teri hayvonlar tanasini qo‘riqlovchi qoplama bo‘lib, tashqi muhitning har xil ta’sirlarini qabul qiladi, markaziy asab tizimiga etkazadi va asab tolalarini qo‘zg‘atadi. Teri epidermisida joylashgan harorat, bosim va og‘riq retseptorlari faoliyat ko‘rsatadi. Teri juda ko‘p periferik asablar oxiri yoki retseptorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, markaziy asab tizimi orqali tashqi muhit ta’sirlarini har xil a’zo va tizimlarga etkazib, ularning funksiyasiga ta’sir etadi. Haroratga qarshi teri anemiya yoki giperemiya, yoki faslga qarab jun almashish yoki tullash bilan javob beradi.

Zararlanmagan terining epidermis qatlami organizmga mikroorganizm va parazitlarning kirmasligi uchun bir butun fizik barer bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari terining ustida kimyoviy barer ham bo‘lib, u kislotali muhitdir (rN-3,6). Ma’lumki, ko‘pchilik kasallik chaqiruvchi mikroblar o‘sishi va rivojlanishi uchun ishqoriy muhit zarur, kislotali muhitda esa halok bo‘ladi. Terining fiziologik funksiyasn davomida spetsifik immunotanachalar bakteritsid moddalardan lizotsim hosil bo‘ladi.

Hayvonlarning terisi ajratish a’zosi ham hisoblanib, suv va tuz almashishda ma’lum o‘rinni egallaydi. Ter bezlari yordamida teri orqali suv, anorganik birikmalar (natriy, xlor, kaliy xlor, fosfor birikmalari) va organik moddalar (mochevina, siydik kislotasi, uchuvchi yog‘ kislotalari, ammiak, otlarda oqsil) ajralib chiqadi.

Yog‘ bezlari ajratmalarida (teri yog‘i) oqsil birikmalari va yog‘ bo‘lib, qaysiki teri va jun qatlamnni qoplab, ularga elastiklik, cho‘ziluvchanlik, yumshoqlik, namlik xususiyatlarini beradi, terini qurishdan, yorilishdan va junlarni sinuvchanlikdan saqlaydi. Qo‘ylarda yog‘ va ter aralashmasidan hosil bo‘lgan modda jiropot deyilib, u junni tovarlik xususiyatini oshiradi. Teri sekretorlik xususiyatga ham ega bo‘lib, qon va limfaga gistaminsimon va gormonsimon moddalarni chiqarib, organizmning xayotiy faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.

Hayvon terisining fiziologik faoliyati, uni tashqi muhit ta’sirlariga chidamliligi, hayvonlarni sog‘ligi va mahsuldorligidan darak beradi. Shuning uchun hayvonlar terisini parvarish qilish katta ahamiyatga ega.

Terini parvarish qilish yo‘llari - hayvon terisini doimo tozalab turish, ho‘l latta bilan artnsh va yuvish, cho‘miltirish va junini qirqish uni parvarish kilishda asosiy rol o‘ynaydi. Terini parvarish qilishdan asosiy maqsad uni iflosliklardan tozalash va mexanik yo‘l bilan teridagi asab retseptorlarini qo‘zg‘atishdir.

Terini tozalashda undagi iflosliklar, epidermislari, tushgan jun, mikroorganizmlar va parazigglardan holi bo‘ladi. Tozalangan terida ter va yog‘ bezlarining ko‘zi ochiladi, asab retseptorlari qo‘zg‘aladi va organizmning umumiy tarangligi ortadi. Doimiy tozalash va massaj harakati tufayli qon aylanishi yaxshilanib, teri va junning oziqlanishya yaxshilanadi, oshlangan terining tovarlik xususiyati yuqori bo‘ladi. V.L. Xoritonova o‘z tajribasida sigirlarni pnevmatik chang surg‘ichlar bilan tozalash natijasida sigirlar sut mahsuldorligini 8 - 12 % ga, sutning yog‘liligini 0,10 - 0,22 % ga ko‘paytirishga erishgan. Cho‘chqalarda esa kunlik tirik vazni esa 27 % ga oshib, 1 kg o‘sishiga oziqa 25,5 % ga kam sarflanishini aniqlangan.

Ot va qoramollarni doimo tozalab turish maqsadga muvofiqdir. Qo‘ylarning terisi tozalanmaydi, ammo juniniig ifloslanmasligi uchun chang erlarda haydalmaydi, quruq qo‘yxonalarda saqlanadi va oziqalar qo‘ylar tashqarida yurganda oxurlarga solinadi. Hayvonlarni tozalashda ot qilidan tayyorlangan qattiq qashlagichlar, poxol tutamlar va boshqa materiallar ishlatiladi. O‘tmas tishli metall tozalagichlardan ham tozalashda foydalaniladi. Tozalash vaqtida havoga ko‘p miqdorda chang va mikroorganizmlar ko‘tariladi. Shuning uchun bu ishlar molxonadan tashqarida bajariladi. Qish paytlari harorat -15°C dan past bo‘lsa, yog‘ingarchilik vaqtlarida bino ichida tozalash mumkin. Sigirlar sog‘ishdan kamida bir soat oldin tozalanishi kerak.

Otlar chap tomonidan boshdan boshlab, keyin bo‘yin, oldingi oyoqlar, tana, sag‘ri va keyingi oyoqlar navbati bilan tozalanadi. O‘ng tomoni ham xuddi Shunday tozalanadi. Metall qashlagich to‘lib qolsa, hayvonlardan o‘zoqroqda qoqib yig‘iladi. Keyin teri ustidagi mayda chang va teri junlari ho‘llangan latta bilan artilib, tez-tez suvga botirilib siqib turiladi. Oxirida teri yaxshi yuvilib siqilgan latta bilan artiladi. Bu ish teri junlarini tekislab yaltiraguncha davom ettirilishi kerak. Otlarning yoli, dumi, peshonasidagi gajagi qashlagich bilan tozalanib, yaxshilab tarab qo‘yiladi. Dumini tozalashda avvalo qotib qolgan iflosliklar tozalanadi, keyin chigallari ajratiladi, so‘ng dumini tagidan uchiga qarab qashlagich bilan tozalanib, ho‘l latta bilan artiladi.

Hayvonlarni ho‘l latta bilan artish, yuvish va cho‘miltirish - bunda avvalo teridagi har xil iflosliklar mexanik yo‘l bilan tozalanadi. Junga o‘tirgan ter va mineral tuzlar eriydi hamda teri retseptorlarini qo‘zg‘atib butun organizmga ta’sir etadi. Ishlatiladigan suvning harorati teri haroratidan past bo‘lsa teridagi qon tomirlari vaqtinchalik qisqaradi, torayadi va tana harorati oshgandan keyin qon tomirlari kengayadi.

Sovuq suv kunning issiq paytlarida organizmni tetiklantiradi, teri orqali issiqlikning ajralishini kuchaytiradi. Hayvonlarni yuvish va cho‘miltirish natijasida issiqlik ajralish, gaz almashish va modda almashish ko‘payib, kislorod hazm qilish oshadi va ishtaxa yaxshilanadi. Hayvonlarni doimo cho‘miltirish haroratni o‘zgarib turishiga moslashish va organizmni chiniqtirish hamda shamollash kasalliklariga nisbatan chidamliligi oshishiga sabab bo‘ladi.

Hayvonlarni cho‘miltirishda suvning harorati +30°S atrofida bo‘lishi kerak. Harorat past bo‘lganda, elvizak va nam havoli molxonalarda hayvonlarni yuvish qat’iyan ma’n qilinadi. Cho‘miltirilgandan so‘ng terini yaxshilab artib quritiladi va tagiga quruq to‘shama solinadi.

Hayvonlarni cho‘miltirishda N.M.Kamorovning ko‘chma avtomashinasi (DUK), dezinfeksiyalovchi ko‘chma jihozlardan ADA, LSD-2, LSD-3, ODN lardan ham foydalanish mumkin,

Yoz paytlarida hayvonlarni cho‘miltirish juda ham zarur. Chunki sovuq suv organizmning umumiy tonusi va organizmning ish faoliyatini oshiradi. Hayvonlar cho‘miltiriladigan suvning harorati +180-20°C dan past bo‘lmasligi va cho‘miltirish muddati 10 - 15 daqiqa davom etishi kerak. Issiq vaqtlarida iloji boricha ertalab va kechqurun cho‘miltirish ma’qul. Cho‘miltiriladigan joylarning tagi qattiq yoki qumoq bo‘lishi zarur. Suv havzasi tiniq va oqadigan bo‘lsishi kerak.

Hayvonlar juni qirkilgach, terini parvarish qilish osonlashadi. Hayvonlar junini qirqishda elektr mashinalar ishlatiladi. Otlarning dumi, yoli va gajagi yiliga bir marta kuzda qirqiladi. Yollari bo‘ynining 2/3 qismini yopadigan va gajaklarini esa ko‘zni yopmaydigan qilib qirqiladi. Toylarni yaylovlarda yurgan paytlarida yoli va dumini kesish mumkin emas. Yuqumli kasallik bilan kasallangan otlarning dumi va yoli qirqilmaydi.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish