Havo yo‘li bilan tashish - maxsus yuk yoki jihozlangan samolyot va vertolyotlarda bir kunlik jo‘jalar, sport otlari, qimmatli naslli hayvonlar va ba’zan boshqa hayvonlar tashilishi mumkin. Yuk samolyotlari ko‘pincha buzoqlar va qo‘ylar uzoq va tog‘ yaylovlariga tashiladi. Havo yo‘llarida hayvonlarni tashish boshqa transport vositalarida tashishga qaraganda iqtisodiy tomondan foydalidir. Samolyotlarni hayvon chikindilari bilan emirilmasligi uchun maxsus materiallar bilan qoplanishi kerak. Hayvonlarni yo‘lda sug‘orish, oziqlantirish tashish vaqtiga bog‘liq. Yirik hayvonlarni joylashtirish uchun maxsus bog‘lagich yoki guruxli seksiyalar o‘rnatiladi. Hayvonlarni kuzatuvchi va vetvrach kuzatib borishi kerak. Jo‘jalar maxsus yashiklarda tashiladi. Hayvonlar tushirilgandan so‘ng samolyot tozalanib dezinfeksiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |