6- Mavzu: HAYVONLARNI TASHISH VA PARVARISH QILISH GIGIYENASI.
Reja:
1. Hayvonlarni temir va suv yo‘llari bilan tashish gigienasi.
2. Hayvonlarni avtomobil va havo yo‘llari bilan tashish gigienasi.
3. Hayvonlarni tosh va tuproq yo‘llar bilan haydash qoidalari
4.Teri va elinni parvarish qilishning gigienik ahamiyati.
5.Tuyoq va shoxlarni parvarish qilish igienasi.
6.Motsion turlari va uning ahamiyati
Adabiyotlar:
1. Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigienasi» Toshkent, 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. - «Gigiena selskoxozyaystvennыx jivotnыx» Moskva, 1991
Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007
Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena», Moskva, 2008
Tayanch iboralar:
Vagonlar turi, avtomashinalar, samolyot, kema, yuk barjalari, mol soni, ajratilgan joy me’yorlari, stress faktorlar, ularni oldini olish, aminazin, vitamin A, to‘shama, oziqa miqdori va boshqalar.
Har yili chorva mollarini bir joydan ikkinchi joyga tashish va haydashga to‘g‘ri keladi. Hayvonlarni va ulardan olinadigan mahsulotlarni tashishda doimiy va ishonchli davlat veterinariya-sanitariya nazorati mavjud. Uning veterinariya xizmati har bir transport vazirligi huzurida tashkil etilgan (temir yo‘l, suv yo‘li, avtomashina, aeroflot va boshqalar).
Shunday qilib, har xil turdagi transport vositalaridan foydalanilganda asosiy veterinariya-sanitariya nazoratini transport vositalariga ortilgan hayvonlarga (qoramol, cho‘chqa, ot, tuya, qo‘y, quyon, parranda, baliq va boshkalar), sut - go‘sht mahsulotlari, tuxum va boshqa mahsulotlarga qaratish kerak.
Hayvonlarni, ayniqsa buzoqlarni transport vositalarida tashish davrida tirik vaznini saqlash va har xil stresslardan saqlash borasida dori moddalari ya’ni aminazin, antibiotiklar, A, B, C, D vitaminlari aralashtirilgan glyukoza va boshqa moddalar tinchlantirish maqsadida beriladi. Hayvonlarni tashishda maxsus davlat veterinariya idoralaridan ruxsatnoma olinishi lozim bo‘ladi.
Hayvonlarni tashish va haydashni uyushqoqlik bilan tashkil etish, yo‘lda sog‘lig‘ini saqlash, suti va mahsuldorligi kamaymasligi hamda yo‘lda har xil jarohatlar olmasligini nazarda tutish lozim. Hayvonlarni tashish va haydashdan bir oy oldin hamma hayvonlar klinik tekshiriladi, zaruriy diagnostik tekshirish va veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkaziladi. Temir yo‘l yoki boshqa transport vositalarida uzoq vaqt tashishga to‘g‘ri kelsa oziqlantirish va sug‘orish rejimiga qat’iy rioya qilinadi.
Tashish tezligi juda katta ahamiyatga ega. Vagon, avtomashina va suv yo‘llarida uzoq vaqt tashilganda, tashish yaxshi uyushtirilmagan bo‘lsa yoki uzoq yo‘llarga tashilganda hayvonlar orasida yopiq jarohatlar bo‘ladi va mahsuldorligi pasayadi. Shuning uchun hayvonlarni tashish va haydashdan oldin transport vositalari va haydaladigan yo‘llar diqqat bilan ko‘rib chiqiladi, maxsus kishilar kuzatish uchun berkitiladi.
Davlat veterinariya xizmati vakili tomonidan kuzatuvchi kishi qo‘liga hamma hayvonlar uchun veterinariya guvoxnomasi beriladi, qaysiki unda qaerdan qaerga boradi, bosh soni va turi, xo‘jalikni yuqumli kasallikdan holi ekanligi, veterinariya emlash tadbirlari qilingan vaqti ko‘rsatiladi.
Junatuvchi yo‘l davomida hayvonlarni oziqa bilan ta’minlashi zarur. Masalan: Qoramolga 1 sentner tirik vazniga – dag‘al oziqa - 4,5 kg, qo‘y- echkiga - 5-5,1 kg; cho‘chqaga - 2,5 kg omuxta em; parrandaga - 8 kg. To‘shama bir bosh otga - 2 kg, qoramolga - 2-3 kg to‘shaladi.
Jo‘natishdan oldin 3-4 soat dam beriladi. So‘ngra veterinariya mutaxassislari hayvonlarni haroratini o‘lchab chiqadi. Cho‘chqa va qo‘ylarda tanlab o‘lchanadi. Agar uzoq joylarga junatiladigan bo‘lsa ularni jo‘natishga 7-10 kun qolganda yo‘l oziqlanishi va sug‘orish rejimiga o‘rgatila boshlanadi. Yo‘lda hayvonlar 2 marta sug‘oriladi. Hayvonlar jo‘natishdan oldin yoshiga, mahsuldorligiga, semizligiga, tirik massasiga qarab guruhlarga bo‘linadi. Bundan tashqari transport vositalari tayyorlanadi. Yuklash uchun javobgar kishilar zoovetmutaxassislar hisoblanadi va ular yuklash joylarini tayyorlaydi. Vagonlar, avtomashina kuzovlari yaxshilab tekshiriladi, ta’mirlanadi, yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
Hayvonlarni kuzatib borish uchun (provodnik) odamlar tayyorlanib koramollar uchun 2 ta vagonga 1 kishi, cho‘chqa va qo‘y uchun 1 ta vagonga 1 kishi va 2-3 ta avtomashinaga 1 kishi tayinlanadi. Suv yo‘li bilan tashilganda har 20 ta qoramolga, 30 ta cho‘chqaga va 60 qo‘yga bir kishi tayinlanadi.
Ko‘rgazma va otchoparga jo‘natilgan, boshqa xo‘jaliklardan keltirilgan hayvonlar transport vositalaridan tushirilgandan keyin bir oy mobaynida alohida karantinda saqlanadi. Bu vaqt davomida hayvonlar veterinariya mutaxassislari nazoratida bo‘lib, zaruriy tekshirishlar o‘tkaziladi, agar zaruriyat tug‘ilsa kerakli ishlovlar qilinadi. Bir oylik profilaktik karantindan keyin hayvonlar orasida hech kanday kasallik belgisi aniklanmasa asosiy hayvonlar guruhiga k|o‘shiladi.
Hayvonlarni tashish yoki haydashda kuzatuvchi kishilar veterinariya dori darmon qutisi va birinchi yordam berish materiallari bilan ta’minlanadi. Har bir vagon uchun bitta kuzatuvchi bo‘ladi. Vagonlarga uch kunlik ozika ehtiyoji ortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |